AQSh qonun orqali raqamli valyuta sohasini rivojlantirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Raqamli valyutalarni tartibga soluvchi qonunlarning yo'qligi bois ularning AQShda keng iste’molga kirishi sekin kechmoqda. AQSh Kongressi elektron pullar uchun yangi qonunchilik bazasini koʻrib chiqar ekan, sohaga yana sarmoya oqimi oshishi kutilmoqda.

So'nggi yillarda sodir bo'lgan kiberhujumlar tufayli ko'plab sarmoyadorlar milliardlab dollar yo'qotdi va bu raqamli valyutalarning o'sishini sekinlashtirdi. Endi, kripto valyutalar bo'yicha mutaxassislar fikricha, raqamli valyuta yana o'sishga tayyor va bunga Kongressning raqamli aktivlar bozorlarini tartibga solish bo'yicha boshlagan harakatlari yordam beradi.

"Raqamli aktivlarni tartibga solish bo'yicha huquqiy aniqlikning yo'qligi haqida ko'p eshitamiz; qonunchilikka shu narsa turtki berdi", - deydi respublikachi qonunchi French Xil.

Shimoliy Karolina shtati vakili Patrik MakHenrining aytishicha, 21-asr uchun moliyaviy innovatsiyalar va texnologiyalar qonuni yoki “FIT21” deb atalayotgan loyiha AQShni texnologik innovatsiyalar bo'yicha global yetakchi bo'lib qolishini ta'minlaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kripto mayning - bahsli sanoat

"Qonun raqamli aktivlar ekotizimida ishtirok etuvchi 20 foiz amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan va bu ko'proq amerikaliklarni unda ishtirok etishga undaydi", - deydi qonunchi.

Metyu Grem rivojlanayotgan texnologiyalar bilan ishlovchi venchur kapital firmasining boshqaruvchi hamkori. Yaqinda Texasda bo'lib o'tgan kripto konferensiyada u AQSh raqamli valyutada dunyodan ortda qolayotganini va elektron pullar uchun standart AQSh dollari bo'lib qoladi, deb o'ylamaslik kerakligini aytdi.

“Agar siz haqiqatan ham AQSh dollari gegemoniyasini milliy manfaat uchun muhim deb hisoblasangiz, bu kriptovalyutaga e’tiborni oshirish uchun juda kuchli sababdir. Chunki AQSh dollari gegemoniyasining kelajagi uchun yaxshi bo’lgan har qanday narsa dollar bilan bog'liq bo'lgan alternativ yoki kelajakdagi moliyaviy aktivlar sinfidir”, - deydi u.

AQSh prezidentlik saylovi arafasida prezident Jo Bayden va Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp nomi bilan atalgan raqamli valyutalar ham paydo bo’ldi.

Buni ham ko'ring "Blokcheyn" texnologiyasidan oziq-ovqat sanoatida qanday foydalanish mumkin?

Texas kripto konferensiyasida qatnashgan uchinchi partiya nomzodi Robert Kennedi tarafdori va Amerika Kripto akademiyasi bosh direktori Jahon Jamali “$BOBBY” raqamli tangasini ishga tushirdi.

"O'tgan yil davomida biz shuni kuzatdikki, ba’zi kripto tangalar harakat tangalariga aylanmoqda; ayniqsa, hozir AQShda siyosiy saylovlar yilida", - deydi Jamali.

Agar senatorlar raqamli valyuta qonunchiligini shu yil qabul qilmasa, AQShda kriptovalyutalar kelajagini belgilash keyingi prezidentga qolishi mumkin.