Amerikaliklarning yarmidan ko'pi Qo'shma Shtatlarga immigratsiya kamayishini xohlaydi. “Gallup” so’ro’vida qatnashganlarning yarmidan ko’pi 2005-yildan beri birinchi marta shunday fikr bildirgan.
1005 nafar kishi orasida oʻtkazilgan so’rovning ko’rsatishicha, amerikaliklarning 55 foizi immigratsiyani kamaytirish kerak deb hisoblaydi. Bu oʻtgan yilgi 41 foizdan sezilarli darajada koʻproq. Shuningdek, amerikaliklarning 25 foizi immigratsiya darajasi bir xil qolishi kerak; 16 foizi esa immigratsiya ko’payishi kerak, deb aytgan.
Immigratsiya darajasi kamayishini istaganlar AQShdagi barcha siyosiy partiyalarga mansub. So‘rov natijalariga ko‘ra, demokratlarning 28 foizi immigratsiyani kamaytirish kerak, degan fikrda, bu o‘tgan yilgi 18 foizdan ko’proq. Respublikachilar uchun bu raqam 73 foizdan 88 foizga, mustaqillar uchun esa 39 foizdan 50 foizga ko‘tarilgan.
Buni ham ko'ring Bayden hujjatsiz muhojirlarning fuqarolik olishini osonlashtirmoqdaAmerikaliklar immigratsiya kamayishini eng ko'p istagan rekord yillar “Gallup” tomonidan 1993 va 1995-yillarda o’tkazilgan so’rovlarda qayd etilgan. O'shanda AQSh aholisining 65 foizi immigratsiya kamayishini xohlagan. “Gallup”ga ko’ra, bu raqamlar Kaliforniya o'sha paytda muhojirlar oqimiga qarshi olib borgan kurashi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Amerikaliklarning aksariyati 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan so‘ng, shuningdek, 2005-yil dekabrida Vakillar palatasi chegara xavfsizligini mustahkamlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgandan keyin ham immigratsiyaning qisqarishini ma’qullagan.
Aholining uchdan biri immigratsiyaning foydasiga ishonmaydi
“Gallup” ma'lumotlariga ko'ra, aksariyat amerikaliklar hanuzgacha immigratsiya mamlakat uchun ijobiy ekanligiga ishonadi. Lekin bu raqam o'tgan yili 68% dan bu yil 64% gacha kamaygan. Immigratsiya mamlakat uchun "yomon narsa" deb hisoblaydigan amerikaliklar foizi 27 foizdan 32 foizga oshgan.
Buni ham ko'ring AQShdagi xitoylik muhojirlar jamoasi yangi migrantlar hisobiga kengaymoqdaSo'rov natijalariga ko'ra, demokratlarning 86 foizi immigratsiyani ijobiy deb hisoblasa, bu fikrdagi respublikachilar soni 39 foizni tashkil qiladi. Lekin immigratsiyaning ijobiy foydasiga ishonadiganlar respublikachilar soni yanada kamayib bormoqda.
Hujjatsiz immigrantlar uchun fuqarolikka yoʻlni ochish tarafdorlarining darajasi yuqoriligicha (70 foiz) qolmoqda, garchi bu natija 2019-yilgi 81 foizdan pasaygan bo’lsa ham. AQShga bolaligida noqonuniy olib kelingan muhojirlarga fuqarolik olishga ruxsat berishni amerikaliklarning 81 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Amerikaliklarning yarmi chegarada devor qurilishini ma’qullaydi
Hozirda amerikaliklar AQShdagi barcha noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish kerakmi degan masalada ikkiga bo'lingan. Buni aholining 47 foizi ma’qullagan, 51 foizi qarshi bo’lgan. Chegara devorini kengaytirish tarafdori bo’lganlar aholining yarmidan ko'proq: amerikaliklarning 53 foizi qurilishni qo'llab-quvvatlasa, 46 foizi bunga qarshilik bildirgan.