Tinch okeanining shimoli-g'arbiy qismida 70 yildan ortiq vaqt davomida paradlarda qatnashib kelayotgan marsh guruhi bor. Sietldagi xitoylik qizlar jamoasi bir necha avloddan ber.
Shaharning yoshlar marsh guruhlari orasida Sietl Xitoy jamoasi qizlari alohida ajralib turadi. Jangchi ayollar liboslarida kiyingan o'nlab qizlar shahardagi “Seafair Chinatown” paradida nog'ora sadosi ostida marsh qiladi; atrofdagi olomon ularning yuz qiyofasiga ta’sir o’tkazmaydi.
“Bizda ofitserlar, kapitan va leytenantlar bor. Kapitan marsh bo’ladigan joyga qarab yurishni tanlaydi. Leytenantlar unga ergashadi; “marsh!” buyrug'i berilishi bilan otryadlar ofitser buyrug'ini bajarishga kirishadi”, - deydi instruktor Su-Mey Eng.
Beshinchi sinf o‘quvchilaridan tortib kollejning birinchi kurs talabalarigacha bo‘lgan 30 nafar jamoa a’zosi og‘irligi 3,5 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bezakli forma kiyib, murakkab yurishlarni amalga oshiradi.
“Eng qiyini kostyumlarni kiyish bo’lsa kerak. Juda noqulay, og’ritadi. Ammo eng yaxshi jihati bu orttiriladigan tajriba. Masalan, har bir mashg'ulotda opa-singillardek yaqin do’stlar orttiramiz”, - deydi Lulu Eng ismli jamoa a’zosi.
Buni ham ko'ring AQShdagi xitoylik muhojirlar jamoasi yangi migrantlar hisobiga kengaymoqdaGuruh Sietldagi “Chinatown” shahrida bir necha avloddan beri maktab o'quvchilari hayotining asosiy qismi bo'lib kelgan. O'n besh yoshli Andrea Kengning aytishicha, shanba kungi amaliyotlar oilaviy an'anaga aylangan.
"Mening onam o'rta maktabda o'qib yurganida shu guruhda bo’lgan; meni ham yoshligimdan unga a’zo qildi", - deydi u.
Jamoa sardori Kollin MakKissonning aytishicha, asrab olgan onasi uni uyida mavjud bo'lmagan an'analarni o'rganadi deb guruhga bergan.
“Men xitoylik ekanligimni, kavkazlik yoki oq tanli emasligimni bilardim. Lekin menda bunday madaniyat tuyg‘usi yo‘q edi. Bu guruh menga o'zlikni anglashda yordam berdi. Atrofingizda yoshi kattalarning bo'lishi, hamjamiyat hissi, ko'plab avvalgi bitiruvchilarning ham kelishi va ular sizga o'zlari boshdan kechirgan voqealar haqida aytib berishi sizni chindan ham ilhomlantiradi”, - deydi ayol.
Jamoa faxriysi va hozirgi menejeri Lorena Eng guruh bilan umrbod bog’langanini aytadi.
"Bu 1952-yilda olingan dastlabki guruhning surati. Bu mening onam; bu esa xolam", - deydi u.
Buni ham ko'ring Manxettendagi xitoy mahallasi biznes orqali o'z madaniyatini saqlab qolishga urinmoqda“Otam juda an'anaviy odam bo’lgan. U qizlar maktabga, kollejga erlari kechqurun ishdan qaytganda ularga aqlliroq biror gap aytishi uchun boradi, derdi. Bugun eng yaqin do'stlarimni xitoylik qizlarning mashq jamoasidan topganman. Biz bir-birimiz uchun hamma narsaga tayyormiz", - deydi Betti Lau.
Endi hech kim qizlarning uyda o’tirishini kutmaydi, biroq jamoaning yetakchi o‘qituvchisi Su-Mey Engning aytishicha, bu yerni xavfsiz joyga aylantirgan asosiy qadriyatlar bugun ham o‘zgarmagan: bu oila, ta’lim va jamiyat xizmati.