Jurnalist Gershkovichning Rossiyada hibs qilinishiga oid lavhalar u ayg’oqchilik emas, balki jurnalistik faoliyat uchun qamoqqa olinganini ko`rsatadi.
Mahbuslar almashish bo’yicha AQSh bilan tarixiy amaliyot o`tkazgan Rossiya “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovich Markaziy Razvedka Boshqarmasi ayg’oqchisi sifatida hibs qilingani haqidagi iddaolarni davom ettiryapti.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Gershkovichning ayg’oqchiligi dalili sifatida tahrir qilingan video va audio yozuvlarni e`lon qildi.
Rossiya davlati televideniyesi RT Gershkovichning 2023-yil martida Yekaterinburgdagi restoranda hibs qilinishiga doir lavhalar ko’rsatdi.
Lavhada Gershkovichning o`ng qo`li ko`rsatilib, jurnalist “noqonuniy maxfiy ma’lumotlarni yashirishga uringani” qayd etiladi.
“Jurnalist o’z “manba”si bilan restoranda, ular rus tilida mamlakat mudofaa sanoati haqidagi maxfiy ma’lumotlarni qanday qilib hukumat nazoratiga tushmasdan uzatish mumkinligini muhokama qilmoqda”, deyiladi unda.
Buni ham ko'ring Rossiyaga qaytarilgan jurnalist haqiqatan ham Moskva ayg’oqchisimi?Bu haqiqatni buzib ko`rsatish.
FXX ham, RT ham Gershkovich o’z “manbasi”dan maxfiy ma`lumot so`ragani yoki unga berilgan uskunada nima borligini bilishiga doir biror tasdiq keltirishmadi.
E’lon qilingan materiallarda “maxfiy ma`lumot” nimadan iboratligi haqida hech narsa deyilmaydi.
FXX videosida ovoz o’chirilgan, musiqa bilan to’ldirilgan, “manba” yuzi bo’yalgan.
Videotasvirdan alohida yozilgan audioda shaxsi noaniq, ovozi o’zgartirilgan kishi Gershkovichdan “juda ehtiyot” bo`lishni so`rab, ma’lumot “maxfiy”ligini ta’kidlaydi.
Gershkovich intervyudan manfaatdorligi, hisobotida hujjatni eslatmasligi, anonim manba ko’rsatishini aytish bilan javob beradi.
Buni ham ko'ring AQSh-Rossiya: Mahkumlar almashinuviga doir tarixiy kelishuvBundan Gershkovich o’z manbasi xavfsizligini ta’minlashga intilayotgan jurnalist sifatida ishlayotgani ko’rinadi.
BMT ekspertlari Rossiya ayg’oqchilikni isbotlovchi biror “huquqiy dalil ko’rsatmaganini” hayratlanarli deb baholab, Gershkovich jurnalistik faoliyat uchun jazolanganini ta’kidlagan edi.