Rossiyaning targ'ibot nashri bo'lgan “Komsomolskaya Pravda” va bir necha boshqa rus axborot saytlari Moldova ta'lim rasmiylarini talabalarning ongini zaharlab, Rossiyaga nisbatan nafrat uyg'otishda aybladi.
Nashrlarning yozishicha, 1-sentabrdan boshlab Moldovadagi maktablarda “Ukraina bilan birdamlik” niqobi ostida “rusofobiya bo‘yicha ma’ruzalar” va “maktab o‘quvchilarini urushga tayyorlash” yo‘lga qo‘yilgan.
“Buning uchun ta'lim vazirligi bolalarda Rossiyaga nisbatan nafrat uyg‘otish uchun metodika ishlab chiqdi”, — deb xabar beradi “Komsomolskaya Pravda Moldovada” nashri.
Bu noto’g’ri ma’lumot.
Rossiyaning targ'ibot agentliklari Moldova davlat maktablari dasturiga kiritilgan yangi “Birgalikda tinchlik uchun” deb nomlangan har yili o'tkaziladigan ma'ruzaga ishora qilishmoqda. Moldova rasmiylari ma'ruzaning maqsadi nafrat emas, balki birdamlik, hamdardlik va tinch hamjihatlikni targ'ib qilish ekanligini ta'kidlamoqda.
1-sentabrdagi tadbirda Yevropa Kengashining 75 yilligi hamda joriy yil boshida Moldovaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish jarayonining boshlanishi nishonlandi. Bu ma'ruzalar antirussiyalik kayfiyatni qo'zg'atishi yoki talabalarga urushga tayyorgarlik ko‘rishi haqida hech qanday dalil yo'q.
Buni ham ko'ring Rossiya boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaydimi?“Birgalikda tinchlik uchun” ma'ruzasi o‘n bitta turli versiyaga ega bo‘lib, har biri turli sinflar uchun mo‘ljallangan. Faqatgina bitta versiyada, ya'ni “8-9-sinflar uchun bo’lgan 3-versiya”da Rossiya eslatib o‘tilgan. Ma'ruzaning 1-ilovasida esa Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina Rossiya tajovuzining qurboni bo‘lganida uni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday birlashgani misol tariqasida keltirilgan.
1-ilovadagi “Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi” deb nomlangan qismda aniq tarixiy faktlar bayon etilgan, jumladan, 2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlagani, Yevropa Ittifoqi unga tezkor sanksiyalar bilan javob berib, Rossiyani iqtisodiy jihatdan yakka qoldirgani va Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani aytilgan.
2022-yil iyun oyida Ukraina Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini oldi. Yevropa Ittifoqi Ukrainadan qochganlarga yordam berdi, maktablarni tiklash uchun 100 million yevro ajratdi va maktab avtobuslari uchun xayriya kampaniyasini boshladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Moldova ta'lim rasmiylarining ta'kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga hujumi va Yevropa Ittifoqining javobi tilga olingan versiyaning asosiy maqsadi inson qadr-qimmati va huquqlariga hurmat, mas'uliyat, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, tinglash va kuzatish mahorati hamda hamdardlik kabi demokratik madaniyat sifatlarini o‘rgatishdan iborat.
Moldova Ta'lim va Tadqiqotlar vazirligi o'qituvchilarga maqsad va tadbirlarni o'quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirishni tavsiya qiladi. Tadbirlar “tanqidiy fikrlash”, Yevropa qadriyatlari hamda Moldovaning integratsiyasini tushunishni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, “aniq siyosiy munozaralarga” chuqur kirib bormaydi. Hujjatda shuningdek, o'qituvchilar o'quvchilarni o'z xulosalarini shakllantirishga rag'batlantirishlari, siyosiy qarashlarni esa majburlamasliklari kerakligi aytilgan.