Breaking News

Rossiya boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaydimi?


Kreml, Moskva.
Kreml, Moskva.

Bir paytlar Rossiya xavfsizlik kengashi rahbari bo’lgan Nikolay Patrushev yaqinda "Rossiyskaya gazeta" nashriga intervyu berib, qator yolg'on va chalg'ituvchi izohlar berdi.

Patrushev intervyuni Ukraina hukumatini "nolegitim" prezident boshchiligidagi "neonatsistlar rejimi" deb atashdan boshladi.

U intervyuda Azov dengizini “Rossiyaning ichki suv sarhadlari” deb atab, Moskva ruxsatisiz unda na Ukraina, na boshqa davlat suzishi mumkinligini aytdi.

Nikolay Patrushev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan, 2015-yil.
Nikolay Patrushev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan, 2015-yil.

Azov dengizi ham Ukraina, ham Rossiya bilan chegaradosh. Kerch bo'g'ozi orqali Qora dengiz bilan bog'langan ichki suv havzasidir. 2003-yil Rossiya va Ukraina o'rtasidagi ratifikatsiya qilingan kelishuv bilan tartibga solinadi. Rossiya Qrim yarim orolini noqonuniy ravishda anneksiya qilib, Ukrainaning qirg'oqbo'yi hududlarini egallab olgandan keyin Kreml Kerch bo'g'ozi va Azov dengiziga egalik qilishini da'vo qilib keladi.
Hech bir xalqaro tashkilot buni tan olmaydi.

AQSh va boshqa davlatlar Moskvaning bosqinini qoralab, Ukrainadan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

Patrushev intervyuda AQShdagi prezidentlik saylovlariga izoh berib, Moskva boshqa davlatlarning siyosiy hayotiga aralashmasligini aytib o’tdi.

“AQShdagi prezidentlik saylovlari AQShning ichki ishi... Rossiya boshqa davlatlarning ichki siyosiy hayotiga aralashmaydi”, - dedi u.

Bu yolg'on.

Xorijiy davlatlarning ichki siyosiy ishlariga aralashish Rossiya tashqi siyosatining bir bo’lagi bo’lib kelgan. Moskva diplomatik aloqalar chegarasidan chiqib, zararli gibrid strategiyalardan foydalanadi, shu jumladan urushlar ham olib boradi.

Rossiyaning xorijiy davlatlar ishlariga aralashuvini quyidagi misollarda ko’rish mumkin:

  • Gruziya: Gibrid urush taktikasini qo'llash orqali hukumatining demokratik yo'nalishini o'zgartirishga intilib keladi.
  • Moldova: Bu mamlakatda rossiyaparast tashkilotlar mavjud. Kishinyovga qarshi kayfiyat qo’zg’atadi.
  • Ukraina: Rossiya 2014-yil Qrimni anneksiya qildi. Ketidan yillar davomida jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish, xakerlik hujumiga asoslangan gibrid kampaniya olib borib, nihoyat 2022-yilda Ukrainaga qarshi keng ko’lamli urush ochdi.
  • Yevropa: Dezinformatsiya kampaniyalarini amalga oshirish orqali hukumatlarga qarshi kayfiyat tug’dirish bilan shug’ullanadigan guruhlar va partiyalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlaydi.
  • Afrika: Diplomatik aloqalar, noqonuniy moliyalashtirish, dezinformatsiya va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan xususiy armiyadan foydalangan holda Afrikada tabiiy resurslarni o'zlashtirmoqda, keng ko'lamli vahshiyliklarga sabab bo’lmoqda.
  • AQSh: Kreml AQShda demokratik qadriyatlariga putur yetkazishga, vaziyatni izdan chiqarishga urinadi. Rossiyaning AQShdagi kampaniyalari ko'pincha muhim infratuzilmani sabotaj qilishga qaratilgan xakerlik hujumlarini o'z ichiga oladi. Ular asosan Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan amalga oshiriladi. 2016, 2020 va 2024-yillardagi saylovlarda elektorat o’rtasida tarqoqlik, hukumatga ishonchsizlik kayfiyatini tug’dirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda propaganda va dezinformatsiya ishlarini olib bordi.
  • 2024-yil Rossiyaning xorijiy davlatlar ichki ishiga aralashish taktikasi yanada “rivojlandi”. Rossiya davlat idoralari sun'iy intellektdan foydalangan holda Kreml dushman deb hisoblagan hukumatlarni obro'sizlantirish uchun feyk videolar yaratib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG