Breaking News

ISW: Rossiyada yirik masshtabli operatsiyalar uchun resurslar yetishmayapti


Ukrainada jon bergan rus askarlari qabri, Volgograd, 30-mart, 2024.
Ukrainada jon bergan rus askarlari qabri, Volgograd, 30-mart, 2024.

Vashingtondagi Urushni oʻrganish instituti (Institute for the Study of War, ISW) ekspertlarining fikricha, Rossiya yozda Ukrainada keng koʻlamli hujum operatsiyasini oʻtkazishi dargumon. Sabab, deydi ekspertlar, Rossiya armiyasidagi moddiy va inson resurslari yetishmovchiligi.

Urushni oʻrganish instituti saytida chop etilgan tahliliy maqolada aytilischa,

Rossiya kuchlari butun urush davomida ko’p yo’qotishlarni boshidan kechirdi. Turli hududlar bo‘ylab hujumlar amalga oshirdi. Ma’lum bir davrda u hududga e’tiborini qaratdi, yana boshqa bir davrda bu hududga. Bir sektorda harbiy operatsiyalar amalga oshirganda, ikkinchi hududga e’tibor pasaydi.

Urushni o'rganish instituti ekspertlarining fikricha, hozir urush shiddatining bir oz pasaygani 2024-yilning yoziga mo’ljallangan harbiy operatsiyalar rejasining bir qismi bo’lishi mumkin yoki Rossiya armiyasi imkoniyatlari cheklana boshlaganidan dalolat bo’lishi mumkin.

“2023-yil dekabri va 2024-yil yanvar oylarida G‘arb ommaviy axborot vositalari Ukrainadagi ba’zi manbalarga tayanib, Rossiya qo‘shinlari 2024-yil yozida Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporojye viloyatlarining qolgan hududlarini ham egallab olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo 2024-yilning aprel oyida AQShdan Ukrainaga harbiy ko’mak yetib kelgandan so’ng Rossiya qo'shinlari avvalgi rejalarini qayta ko'rib chiqqan bo'lishi mumkin”, — deyiladi maqolada.

Institut ekspertlarining fikricha, Rossiya armiyasi zirhli transport vositalarini yo'qotish evaziga taktik yutuqlarga erishishni ortiq istamayapti. Harbiy texnikasi zaxirasi, Sovet davridan qolgan qurol-yarog'i tugab bormoqda.

Institut tahlilchilarining yozishicha, Kreml rasmiylari, jumladan, prezident Vladimir Putin ham Donetsk viloyatidagi kichik aholi punktlarining qo'lga olinishini Rossiyaning yirik harbiy g'alabasi sifatida ko'rsatishga urinmoqda.

Avgust oyining birinchi kunidayoq Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi 24 soat ichida 156 ta harbiy to‘qnashuvlar sodir bo’lganini ma’lum qildi. Ukraina rasmiylarining bildirishicha, eng og‘ir vaziyat Pokrovsk tomonlarda hukmron. Ukraina Qurolli kuchlari 24 soat ichida hududda 55 ta hujum qayd etgan.

Shiddatli janglar kechayotgan hududlarga Liman (14 ta hujum), Kuraxovo (13 ta hujum), Vremevskiy (12 ta hujum) kiradi. Toretsk tomonlarda ham ashaddiy janglar ketmoqda. Kuniga kamida 26 marta qayd etilgan. Ukraina rasmiylari Toretsk qo’ldan ketganini inkor etdi. Shaharning harbiy rasmiysi Vasiliy Chinchik Toretsk Rossiya kuchlarining ashaddiy hujumlariga uchrayotgan bo’lsa-da, hali ham Ukraina nazoratida ekanini ma’lum qildi.

"Ukraina Qurolli Kuchlari dushman tomonidan olib borilayotgan faol jangovar harakatlarni to'xtatishga muvaffaq bo'ldi”, — degan Chinchik “Ozodlik” radiosiga.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG