Shimoliy Koreyadan qochganlar yangiliklar veb-saytini yuritmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Janubiy Koreya poytaxti Seulda bir guruh shimoliy koreyaliklar “NK Insider” nomli veb-saytni ishga tushirdi. Shimoliy Koreya bu faqat yadroviy qurol va Kim Chen Un degani emas, undan boshqa muammolar ham qalashib yotibdi, deydi nashr vakillari. Maqsad – Shimoliy Koreyani har tomonlama yoritish.

Yangiliklarda Shimoliy Koreya haqida gap ketganda, odatda mamlakat rahbari Kim Chen Un qurol sinovlarini ko’rasiz.

Lekin mamlakatda yoritishga undan boshqa mavzular ham qalashib yotibdi. Ular shunchaki e’tibordan chetda qoladi, deydi shimoliy koreyalik Li Son Min.

“Shimoliy Koreya bu faqat yadroviy qurol va Kim Chen Un degani emas. Mamlakat kelajagi haqida turlicha qarash, umid va maqsadlarga ega bo’lgan odamlar bor”, - deydi u.

Li Shimoliy Koreyani 2012-yilda tark etgan. Hozirda “NK Insider” nomli veb-saytni yuritishga yordam beradi.

"Shimoliy Koreya haqida ko’p gapirishadi, olimlar va mutaxassislar. Lekin o’sha yerda, o'sha tizimda yashagan shimoliy koreyaliklarga quloq solsangiz, aytadiganlari o’rtasida katta farq yo’q", - deydi sayt vakili.

Sayt shu yilning boshida ishga tushdi. Kichik jamoa, sakkiz kishi ishlaydi. Hammasi Shimoliy Koreyadan qochganlar. Shimoliy Koreyadagi manbalardan yashirincha axborotlar olishadi. Ba'zilar kamerada ko'rinishni istamaydi.

Zeyn Xan Pxenyan shahridan. Shimoliy Koreyani ikki yil oldin tark etgan.

“Shimoliy Koreyadagi vaziyat qandayligini hech kim tasavvur qilmaydi, odamlar nimalarni boshidan kechirayotganini. Xuddi qulday. Men bo’lganman u yerda, bilaman”, - deydi Xan.

Xan hozir Janubiy Koreyada. U xorijga chiqa olgan kam sonli odamlardan biri.

Shimoliy Koreya pandemiyadan keyin chegara xavfsizligini kuchaytirgan.

“Shimoliy Koreyadan kelayotganlar soni kamayib bormoqda. Bu yangi tendensiya. Oddiy xalqning imkoniyatlari, menimcha, deyarli nolga teng”, - deydi Li Shin-va, inson huquqlari bo‘yicha mutaxassis.

Maqsad - shimoliy koreyaliklarni tinglash, deydi u.

"Shimoliy koreyalik qochqinlarni va hali ham Shimoliy Koreyada yashayotganlarni eshitishga platforma yaratish", - deydi Li Son Min.

Nashrning maqsadi - Shimoliy Koreyadagi haqiqiy manzarani aks ettirish.