Xyuston - muhojirlarni o'ziga eng ko'p jalb qilayotgan shahar

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Odamlar AQShning Texas shtati haqida o'ylaganda, ko'pincha, katta shlyapa va o’tkir uchli etik kiygan kovboylarni eslashadi. Ammo Texas faqat bulardan iborat emas. Tadqiqotning ko'rsatishicha, shtatning eng katta shahri Xyuston AQShdagi eng xilma-xil yirik shahar hisoblanadi.

Emi Satsadi va uning oilasi Laos va Tailand shimoli-sharqidagi xushbo'y hidlarni o’zlari bilan Texas statining Xyuston shahriga olib keldi.

“Hamma Texasni kovboylar, chorvadorlar yurti deb biladi. Men ham shunday o'ylaganman”, - deydi u.

Aslida esa Xyuston Satsadiga muhojirlar shahri sifatida ko’rindi.

Satsadi va uning akasi Laos va Tailand shimoli-sharqidagi taomlarga ixtisoslashgan restoranni boshqarishda onasi Chomsi Saysanga yordam bermoqda.

"Vyetnam urushi paytida biz 1979-yilgacha Laosda qoldik. Keyin Tailandga ko'chib o'tdik", - deya yoshligini eslaydi Chomsi Saysan.

Keyin u eri bilan AQShga ko’chib keldi.

Buni ham ko'ring Harris va Trampning immigratsiyaga doir siyosati

“Menda hech qanday tasavvur yo'q edi. Butunlay boshqa dunyo, boshqa mamlakat, boshqa hayot. Hammasini qaytadan boshlash kerak. Balki u yerda yeyishga guruch ham yo‘qdir. Ovqat pishirish uchun, guruchimni olib ketaymi, deb o’ylaganman”, - deydi u.

Dastlab, AQShning bir necha shtatlarida yashagan Saysan niyohat osiyoliklar oziq-ovqati ko'p bo'lgan Xyuston shahridan qo’nim topdi. Bu yerda yashovchilar shaharning rang-barang taomlarini eng diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri deb hisoblaydi.

"Agar siz begona mamlakatga borsangiz, sizning tilingizda gapiradigan odamlar, sizning taomlaringiz bor joylarga kelishni xohlaysiz. Xyustonda bularning barchasi bor", - deydi Xyuston universiteti tadiqoqtchisi Treysi Karner.

Xyustonda yashash narxining pastligi, energetikadan tortib tibbiyotgacha bo'lgan turli sohalarda ish o’rinlarining ko’pligi ham muhojirlarni o’ziga jalb qiladi.

“WalletHub” sayti hukumat ma'lumotlarini tahlil qilib, 2024-yilda Xyustonni AQShning eng xilma-xil yirik shahri deb atadi.

"U ta'lim, til, sanoatdagi rang-baranglik va diniy xilma-xillik kabi turli ko’rsatkichlar bo’yicha yuqori o'rinni egalladi", - deyi sayti vakili Chip Lupo.

Saysanning aytishicha, u 1985-yilda kelganidan beri shahar ancha o'zgargan.

"O'sha paytda bizda faqat ikkita ibodatxona bor edi: Tailand ibodatxonasi va Lao ibodatxonasi. Hozir ancha ko’paygan", - deydi u.

Ko'plab muhojirlar singari, Saysan oilasi yordami bilan restoran ochdi. Uning o'g'li Alan Ortizning eslashicha, onasining yaxshi ovqat pishirishi bolaligidan uning yodida.

Your browser doesn’t support HTML5

Janubiy Floridani makon tutgan muhojirlar

“U menga yopishqoq guruch pishirib berardi, Laos taomi. U ovqat orqali odam qalbiga yo’l topardi", - deydi u.

Endi Saysan uy taomlari bilan istalgan odamni mehmon qilishga tayyor. Shu yo’l bilan Janubi-Sharqiy Osiyoda qolgan qarindoshlarini qo'llab-quvvatlamoqda.

Lekin oila bilan restoran ochish oson bo’lmadi.

“Oxir-oqibat, biz bir-birimizni sevamiz. Biz usiz boshqa biror joyda ishlamagan bo’lardik", - deudi Emi Satsadi.

Shu yo’l bilan ular shahar taomlari va madaniyati rang-barangligini yanada oshirmoqda.