AQShda qora tanli ayollar senatorlikka saylandi

  • Amerika Ovozi

Chapdan demokratlar Liza Blant Rochester va Anjela Alsobriks Senatga saylandi

Amerika tarixida ilk bor ikki qora tanli ayol - Liza Blant Rochester va Anjela Alsobriks - bir paytda Senatga saylandi. Prezidentlik uchun nomzod Kamala Harris bu borada birinchi bo'lgan edi, ya'ni yuqori palataga kirgan ilk afro-amerikalik ayol siyosatchi.

Kongress uchun shiddatli kurash ketarkan, bu yetakchilarning ko'tarilishi bu yilgi saylovdagi muhim burilishlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Shu paytgacha atigi to'rt qora tanli ayol Senatda xizmat qilgan.

Nyu-Jersi shtatidan Senatga koreys kelib chiqishiga ega Endi Kim saylangan.

Ohayo shtatidan esa lotin amerikalik Berni Moreno g'olib chiqib, Senatga otlanmoqda. Shtatdan oldin bunday siyosatchi chiqmagan.

Vakillar palatasida xotin-qizlar soni oshgan va u yerdagi etnik va diniy xilma-xillik ancha kengaygan.

Ammo 100 a'zoli Senat hali ham asosan oq tanli erkaklar doirasi.

Liza Blant Rochester Delaver shtatidan, hozirgacha Vakillar palatasi a'zosi edi.

Anjela Alsobriks esa Merilenddan.

Har ikkisi demokrat va mahalliy siyosatda pishgan. Ular iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga e'tibor qaratib keladi va ozchilikdagi insonlarning manfaatlarini himoya qilib tanilgan.

Amerika yangi prezidentga ovoz bermoqda