Prezidentlikka nomzod tanlash - uzoq va murakkab jarayon /US PRIMARIES
Your browser doesn’t support HTML5
Amerikada siyosiy maydon hamma uchun ochiq, lekin nomzod sifatida tanlanish uzoq, murakkab va qimmat bir jarayon. Prezidentlik uchun kurash masalan saylovdan deyarli ikki yil oldin boshlanadi, chunki da’vogarlarning partiyaviy saylovlar orqali saralanishi uchun bir necha oy vaqt kerak. Yozning oxiriga borib, Demokratik va Respublikachilar partiyasi o’z nomzodlarini e’lon qiladi. Demokratlarniki hozirdan aniq – amaldagi prezident Barak Obama. Respublikachilar esa shtatma-shtat yig’inlarda da’vogarlarni elakdan o’tkazmoqda. Navbahor Imamova bu borada hikoya qiladi.