O'zbekistonga nisbatan sanktsiyalarga mahalliy munosabat

Yevropa Ittifoqi O`zbekistonga nisbatan qo’shimcha sanktsiyalar qo’yadi va mavjud cheklovlarni kuchaytiradi, degan ma’lumotlarga mamlakatda turlicha munosabat bildirilmoqda.

O`zbekistondagi muxolif kuchlar Yevropa Ittifoqi tomonidan bundan avval Andijon voqealarini mustaqil tergov qilish talabini rad etgan O`zbekiston hukumatiga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni qo`llab quvvtalshlarini bildirishgan edi. Muxolif kuchlardan farqli O`zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqi tomonidan ko`rilgan choralarga nisbatan rasman hech qanday munosabat bildirgani yo`q.

Yevropa Ittifoqi tomonidan qo`yilishi mumkin bol`gan navbatdagi choraga nisbatan ham O`zbekiston hukumatining biror munosabatining kutilishi qiyinligi aytilmoqda.

Yevropa Ittifoqi navbatdagi sanksiyalarni kiritishga jazmlanar ekan, O`zbekiston hukumatini nodavlat tashkilotlarga, muxolifat vakillariga bo`layotgan tayziqlarni to`xtatish va hibsga olingan jurnalistlarni, inson huquqlari himoyachilarini ozod etishni talabi haqida ogohlantiradi.

O'zbekistonda yaqindan faoliyat boshlagan “Politika” jamgarmasi eksperti Sharofiddin To'laganov Yevropa Ittifoqi tomonidan kritilayotgan talablarni asossizligi haqida gapiradi.

“Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan kiritilayotgan sanksiyalaridan Markaziy Osiyoda qiziqishi bo`lgan ikkita uchta davlatlar manfatdor. Yevropa Ittifoqi qandaydir siyosiy o`yinlarning qurbonlari bo`layapti,”- deydi Sharofiddin To`laganov.

O`zbekistonda Andijon voqelaridan so`ng bir guruh inson huqulari himoyachilari, muxolifat vakillari hibsga olingan. 27 oktyabr kuni bir muncha vaqt oldin hibsga olingan va sud qarori bilan majburiy ravishda ruhiy mulojaga yuborilgan inson huqulari himoyachisi Yelena Urlayeva sud qarorini shikoyat tartibida ko`rilishi natijasida ozodlikka chiqarilgan. Yelena Urlayevaga ko`ra, uning ozod etilishi bevosita xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillarining yordamiga bog`liq.

“Human Rights Watch” xalqaro inson huquqlarini himoyalash tashkilotining O`zbekistondagi vakili Elison Gil bu borada shunday deydi:

“Shifoxonaga Yelena Urlayevani yo`qlab har kuni diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillarining borishi hukumatga biroz noqulay ko`ringan va uni shifoxonadan chiqarish haqida qaror qabul qilgan. Sud qarorida baribir Urlayevani majburiy ravishda davolanishi lozimligi ko`rsatilgan.“

Elison Gilga ko`ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan ko`rilayotgan choralar ramziy ma'nolarni ifodalaydi.

“Chunki tinch aholini otishga kim ruxsat berganligini aniqlashtiruvchi mustaqil tergov otkazilishi rad etilgan va inson huquqi buzilishining eng ravshan ko`rinishi bo`lgan Andijon voqealaridan so`ng Yevropa Ittifioqi O`zbekiston hukumati bilan o`z munosabatlarini davom ettira olmaydi.”

Yevropa Ittifoqi bundan avval O'zbekistonga nisbatan Andijon voqelariga daxldor mutasaddilarning Yevropaga kirishini va O`zbekistonga qurol yarog` sotishni ta'qiqlovchi sanksiyalar kiritgan edi.