QOZOG’ISTON
Qozog'iston bank sektorini monopoliyadan chiqarish va uni ommaga ochish niyatida. Bu haqda Bosh vazir Daniyal Axmedov hukumat mutasaddilari bilan uchrashuv chog’ida ma’lum qildi, deya xabar qiladi “Interfax” axborot agentligi.
“Mamlakat bank xizmati bozoridagi monopoliyadan qutulishimiz lozim, sabab xizmatning qimmatligi, sifatning past bo’lishiga olib kelmoqda, chunki deyarli barcha sarmoya aylanmasi mamlakatning uch katta bankida olib borilmoqda xolos", dedi Axmedov.
Daniyal Ahmedovga ko’ra bank tizimining ochiq bo’lishi juda muhim. Moliya bozoridagi noxolislik ko’pgina sarmoyadorlarni samarasizlikka olib kelishi va xafv ostiga qo’yishi mumkin, deydi u.
TOJIKISTON-O'ZBEKISTON
O'zbekiston Tojikistonni elektr quvvati bilan ta’minlashni boshladi, deya xabar qildi Tojikiston Energetika vazirligi so’zlovchisi Nozirjon Yodgori.
Yaqinda qo’l qo’yilgan shartnomaga ko’ra, mazkur yilning aprel oyiga qadar O’zbekiston Tojikistonni 500 million KVt elektr quvvati bilan, kuniga 7–8 million KVt elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Tojikiston Qirg’izistondan ham elektr energiyasi oladi. Mamlakatda Eron va Rossiya sarmoyalari bilan qurilayotgan ikki gidroelektr stansiyasi energiya taqchilligi muammosini hal qiladi, deb kutilmoqda.
AFG'ONISTON
BMTga ko’ra, Afg’onistonda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan kurash samara bermasligi mumkin. Sabab, mamlakat fermerlariga muqobil daromad yo’lini topish uchun imkoniyat berilmayapti.
Yaqinda Londonda bu mavzu yuzasidan xalqaro anjuman bo’lib o’tadi. 2006 yilga kelib Afg’onistodan qora dori yetishtirish ko’rsatkichi yanada oshadi. Mutaxassislarning firkicha Afg’onistonda qora doriga qarshi kurash yillab vaqt talab qiladi. Masalan Pokiston va Tailandda afyon ta’mimotini to’xtatish uchun 25 yil atrofida vaqt ketgan.