Markaziy Osiyo xabarlari-6 fevral

TOJIKISTON

Tojikiston siyosiy partiyalari, Rossiya elchisining mazkur yil noyabr oyida o’tadigan prezident saylovlariga nisbatan bildirgan bayonatini mamlakatning ichki ishlariga aralashish deya baholamoqdalar. 24 yanvar kuni Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Ramazan Abdulatipov, amaldagi prezident Imomali Rahmonov saylovlarda qarshilikka uchramay g’alaba qozonadi degan edi. Mamlakatdagi siyosiy partiyalar, elchi bunday bayonot berish vakolatiga ega emasligini bildirib, Rossiya elchisi hali rasmiy ravishda e’lon qilinmagan, mamlakat prezidentligiga bo’lgan saylovoldi kampaniyasini boshlab yuborganini ta’kidlamoqdalar. Partiyalar elchidan mamlakat ichki ishlariga alalashmaslikni so’radilar.

QIRG’IZISTON

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Qir’giziston rasmiylari o’zaro hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Poytaxt Bishkekda, ikki respublikaning madaniyat vazirlari tomonidan imzolangan hujjat mamalakatlararo hamkorlikni kuchaytirshga qaratilgan.

QOZOG’ISTON

2014 yildagi qishki Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilish uchun kurashayotgan yetti shahar orasida Almati ham bor. 1972 yilda qurilgan “Medeo” muz maydoni, va Almatidan bir yarim soat uzoqlikda joylashga Tyan Shan qorli cho’qqilari, shaharning mazkur musobaqaga mezbonlik qilish imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Almati shahri 2011 yildagi Osiyo qishki oyinlarining mezboni bo’lishi kutilmoqda. Tayyorgarlik ishlari uchun hukumat tomonidan 1 milliard AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratilgan, deya ma’lum qiladi Qo’zog’istonning AQShdagi elchixonasi so’zlovchisi Roman Vassilenko.