Markaziy Osiyo xabarlari-27 fevral

QOZOG’ISTON

Reyter (Reuters) axborot agentligining xabar qilishicha, 26 fevral kuni 1500 ga yaqin muxolifat tarafdorlari Almati ko’chalariga chiqib, yaqinda o’lidirilgan muxolifat yetakchisi Oltinbek Sarsenbayevni xotirlash maqsadida namoyish o’tkazdilar.

Namoyishchilar orasida ayrim ziddiyatlar chiqib, millitsiya vakillari bilan ham to’qnashuvlar sodir bo’lgan. Militsiya bir necha yo’llarni to’sib qo’yishga harakat qilgan. Ko’tarilgan plakatlar orasida, Nazarboyevning iste’fosini talab qiladigan yozuvlar ham bo’ldi.

Hozirda Sarsenbayev ishi yuzasidan tergov ishlari davom etib, uning qotilligida gumon qilininb, bir necha huquq-tartibot organlari vakillari hibsga olingan. Ular orasida senat vakili ham bor.

TOJIKISTON

Rossiyaning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ramazon Abdulatipovga ko’ra, Tojikiston-Rossiya aloqalari tobora jadallashib bormoqda.

REGNUM axborot agentligiga intervyu berar ekan, janob Abdulatipov, yaqinda AQSh elchixonasi hamkorligida yangi ochilgan axborot tahliliy markazida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining 15 xizmatchisi qayta tayyorlandi, dedi.