Qirg’iziston Ombudsmani Tursunboy Bakir o'g'li mamlakatning adliya va bosh vaziridan nohukumat tashkilotlari faoliyati haqidagi qonunga o’zgartirishlar kiritishni so’ramoqda. Uning takliflaridan biri, agar
Qirg’izistondagi xalqaro nohukumat tashkilotlar chet-eldagi hukumatlar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolar tomonidan moliyalansa va bu tashkilotning faoliyati siyosiy maqsadlarni ko’zlab, Qirg’iziston konstitutsiyasi, hamda davlat xavfsizligiga rahna solayotgan bo’lsa, bunday tashkilotlar faoliyatini to’xtatish lozim.
“Xalqaro tashkilotlar siyosiy faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa, siyosiy partiya sifatida ro’yxatdan o’tishi kerak. Aks holda, ularning siyosatga aralishishga haqqi yo’q. Nohukumat tashkilotlari ijtimoiy, madaniy va fuqarolar huquqi sohalarida ish olib borishi lozim”, - dedi Ombudsman Bakir o’g'li, Xalqaro Urush va Tinchlikni yoritish tashkilotiga bergan intervyusida.
Adliya vazirligi ombudsmanning takliflarini hisobga olishni lozim topmay, nohukumat tashkilotlar, xorijiy siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar faoliyatini ta’qiqlash allaqachon konstitutsiyada belgilanganini bildirgan.