Sankt-Peterburg sudi to’qqiz yashar tojikistonlik qizni kaltaklab o’ldirganlikda ayblanayotgan o’smirni qotillikda emas, balki shunchaki bezorilikda aybdor deb topdi.
Prokurorlar sud qaroridan norozi va appelyatsiya tarzida sudga murojaat qilishmoqchi. Sud hay’atining 12 a’zosidan to’qqiz nafari, 16 yashar Roman Kazakovni tojikistonlik Xurshida Sultonovaning o’limida aybsiz deb topdi.
2004 yilning 9 yanvar kuni Roman Kazakov va uning yetti do’sti tojikistonlik bir oilaga hujum qilib, Xurshida Sultonova, uning otasi va 11 yashar akasini qattiq kaltaklangan edi. Xurshida keyinroq zarbaga dosh berolmay vafot etdi.
Kazakovning qolgan yetti hamtovog’i hibsga olinib, ularga ham bezorilik aybi qo’yilgan. Xalqaro Amnistiya tashkiloti voqeani irqiy qotillik deya baholagach, Sankt-Peterburg gubernatori Valentina Matviyenko tergov ishini o’z nazorati ostiga olgan edi.