Prezident Bakiyev bir necha vazirlarini yangiladi

Bugun Qir’giziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev hukumat tarkibini yangiladi.

Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko’ra, Qirg’iziston respublikasi Davlat kotibi Doston Sarigulov ishdan bo’shatilib, o’rniga Madumarov Adaxon tayinlangan.

Qishloq, suv xo’jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Abdimalik Anorboyev lavozimidan olinib, o’rniga Azim Isabekov muvaqqat vazir etib tayinlangan.

Sanoat, savdo va turizm vaziri o’rinbosari Turatbek Junushaliyev ishdan olinib, uning vazifasini vaqtincha Medetbek Kerimkulov bajaradi.

Qirg’iziston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Tashtemir Aytbayevning o’rniga esa Busurmankul Tabaldiyev o’tirgan.

Prezident Bakiyev farmoni bilan, Ishenkul Boljurov bosh vazirning muvaqqat o’rinbosari hamda Daniyar Usenov birinchi o’rinbosari etib belgilangan.

Bir necha kun oldin bir qator vazirlar parlament tomonidan tanqidga uchragandan so’ng va prezident olib borayotgan siyosatdan norozi ekanini bildirib, o’z xohishi bilan ishdan ketishni e’lon qilgan edi.