29 may kuni AQShning O’zbekistondagi elchisi Jon Purnel O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga 13 million dollarga yaqin miqdorda tibbiy yordam topshirdi.
Yordam ayollar va bolalar salomatligi uchun zarur dori-darmonlar va gepatit-B kasalligiga qarshi vaktsinalardan iborat.
AQShning Toshkentdagi elchixonasiga ko’ra, tibbiy ko’mak Navoiy, Surxandaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm kasalxonalariga ham yetkaziladi.
Gepatit-B mintaqada tez-tez uchraydigan kasallik bo’lgani sabab, yordamning asosiy qismi mazkur kasallikka qarshi kurash vositalaridan iborat. Ko’mak AQSh hukumati, Zarafashon-Nyumont qo’shma korxonasi, AQShning “HOPE”(ya’ni “UMID”) dasturi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.