Breaking News

AQSh ikki yuzlama siyosatda tanqid qilinmoqda


“Ikkinchi muddatga saylangach, Bush ma’muriyati sobiq Sovet mamlakatlariga nisbatan ikki xil siyosat yurita boshladi”, -deb yozadi Vashington Post gazetasi bugungi sonida. Maqolada aytilishicha, Bush bir tomonda inson huquqlarini himoya qilib, demokratiyani yoyish haqida gapirsada, ikkinchi tomondan demokratiyani bo’g’ayotganlarga do’stlik taklif qilmoqda. “Buning asosida esa neft, gaz zahiralari va harbiy hamkorlik rishtalari yotadi”,- deydi maqola muallifi Jekson Dayl.

“Bush Ozarbayjon va Qozog’istonda inson huquqlari buzilib, saylovlar noxolis o’tganligini ko’rib tursada, ikkala prezident harakatlarini ham tanqid qilmaydi. Umumiy gaplar bilan cheklanib, ularni iliq va dos’tona qarshi oladi. Vaholanki, prezident Ilhom Aliyev muxolifatchilari quvg’inda, Qozog’istonda esa Nazarboyev raqiblariga suiqasdlar uyushtirilmoqda”, deyiladi maqolada.

Muallifga ko’ra, Bush ma’muriyatining siyosati musulmon dunyosiga kelganida, ularning tabiiy boyliklari va energetika zahiralariga qarab belgilanadi. Rossiya ham bunda katta rol o’ynayapti, deydi Jekson Deyl. “Putin ma’muriyati Sobiq sovet mamlakatlari va hozirda yana Rossiya ta’siri ostiga o’tayotgan respublikalarga qarshi har qanday hurujni tanqid qilmoqda. “Rossiya AQSh va Yevropa tomonidan Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tanqidni qoralaydi. Sabab, Rossiyaga ham neft va gaz kerak”, deyiladi Vashington Post gazetasida bugun chiqqan maqolada.

XS
SM
MD
LG