Andijon fojialaridan keyin O`zbekiston inson huquqlari jamiyatiga nisbatan bosim keskin ortgan; tashkilotning 10 a`zosi qamoqqa tashlangan; keyinchalik ularni uch nafari ozod etilgan va hozirda jamiyatning yetti a`zosi qamoqda.
“Bugunga kelib esa Tolib Yoqubovning o`ziga tayziqlar boshlangan, bu inson huquqlari himoyachilariga nisbatan bosimning yangi to`lqini”, - deydi Boymatov.
Tolib Yoqubovga nisbatan tergov jarayonlari boshlanayotgani haqidagi ma`lumot bundan bir hafta avval tarqalgan edi. Ma`lumotlatga ko`ra bu tergov jarayonlari Tolib Yoqubov boshchiligidagi jamiyatning turli hukumat idoralarida norozilik o`tkazish bilan bo`gliq bo`lgan.
1990-yillar boshida tashkil topgan O`zbekiston inson huquqlari jamiyati mamlakatdagi eng yirik huquq himoyachilari tashkiloti bo`ib, O`zbekistonning barcha viloyatlarida faol harakat olib borgan.
Jamiyatining so`nggi paytda hibsga olingan a`zosi, tashkilotning Qashqadaryo viloyat bo`limi raisi Yodgor Tulibekov hamon Buxorodagi izolyatorda saqlanmoqda.
U O`zbekiston prezidentini haqoratlaganlikda va tuhmat qilganlikda ayblanmoqda. Yodgor Turlibekovning hibsga olinganiga ikki oy bo`layapti, biroq unga nisbatan tergov harakatlari hamon boshlangani yo’q. Uning advokati Rustam To`laganovga ko`ra 70 yoshli Turlibekovni izolyatorda saqlashni o`zi qonunga ziddir.
Tashkilot faollaridan bo`lgan yana bir huquq himoyachisi Mo`tabar Tojiboyeva ham noqonuniy namoyishlar o`tkazganlikda, hukumat idoralarini haqoqatlaganlikda va tovlamachilikda ayblanib, sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Tojiboyevaning opasi Muharram Tojiboyevaga ko`ra ayni paytda huquq himoyachisi ruhiy kasallar uchun mo`ljallangan bo`limda saqlanmoqda va uning ahvoli o`gir.
Bu haqda unga advokat Dilafruz Nurmatova xabar bergan. Advokat bergan ma`lumotlariga ko`ra Tojiboyeva juda past ovozda gaplashadi, qo`rqadigan, hadiksiraydigan bo`lib qolgan, bundan tashqari ruhiy kasallardan birini itarib yuborisb jarohat ham olgan.
Tojiboyevani nima sababdan ruhiy kasallar bo`limiga o`tkazilgani haqida hech qanday izoh berilmagan.
Bir muncha avval esa Tolib Yoqubovning kuyovi Sirdaryo viloyat bo`limi rahbari A`zamjon Farmonov tovlamachilik aybi bilan to`qqiz yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.