Amerika Qo’shma Shtatlarida qonuniy tarzda ishlash va yashash huquqini beruvchi viza lotereyasining 2008 yil mavsumi boshlanish arafasida.
AQShning O`zbekistondagi elchixonasi konsul muovini Shelbi Legg so’zlariga qaraganda 2008 yil lotereyasining o`zbekistonliklar uchun yangiligi shundaki, o`yinda Rossiyada tug`ilganlar ishtirok etmaydi:
- 2008 yilgi lotereya o`yinlarida, afsuski, Rossiya ishtirok etmaydi. Rossiyada tug`ilgan kishilar O`zbekiston fuqarosi pasportiga ega bo’lgan taqdirda ham ularning o`yinda qatnashishiga ruxsat berilmaydi, - deydi konsul muvoni.
Grin karta nomi bilan mashhur bu o’yinda ishtirok etish uchun ro`yxatga olish 4 oktyabrda boshlanib, 3 dekabrgacha davom etadi.
Lotereya qoidalari hamda unda qatnashish tartibi bilan tez kunda maxsus veb sahifada o`zbek, rus, ingliz tilida tanishish mumkin.
Matbuot anjumanidan kelib chiqib, lotereyada ishtirok etayotgan o`zbekistonliklar yo`l qo`ygan xatoliklar va oqibatda anketalarning o`yindan chiqarilishiga sabab bo`layotgan holatlarda to`xtab o`tish mumkin.
Birinchi talab – anketaning to`g'ri, batafsil to`ldirilishi. Ko’pincha anketalarda ishtirokchining farzandlari haqida ma`lumot to`liq ko`rsatilmaydi. Ishtirokchi o`z farzandlarining avvalgi oilasidanmi, o`zi bilan yashaydimi, yo`qmi yoki asrab olingan farzandmi – bularning hammasini to`liq ko`rsatishi kerak.
- Bu lotereyada yutuqni qolga kiritgan va viza uchun kelayotgan nomzodlarning anketadagi 10, 11 raqam ostida ko`rsatilgan, ya`ni grin kartani AQShdagi qaysi manzil bo`yicha olish, qayerda yashsh haqidagi savol bilan bo`gliq. Odatda, bu savolga AQShdagi u yoki bu do`stining manzili ko`rsatiladi, lekin tekshirish natijalasida ular o`z grin kartalarini ololmaydilar, chunki xatolikka yo`l qo`ygan bolishadi, - deydi konsul muovini.
Lotereyada ishtirok etish mutlaqo tekin. Xarajatlar nomzodning yutgani ma`lum bo`lgach, elchixonaga suhbatga taklif qilingandan so`ng belgilanadi. Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yilgi xarajatlar miqdori har bir kishi uchun 755 dollarni tashkil etgan. Xarajat individual tarzda, masalan, nomzodning sog’lig’iga qarab o`zgarishi mumkin.
- Chunki, ayrim kishilarning sog’lig’i qo`shimcha xarajatlar talab qilishi mumkin, shuning uchun ham bu borada aniq bir raqamni aytish qiyin, - deydi Shelbi Legg.
Grin karta o’yinida o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan, bunday ma`lumoti bo`lmagan taqdirda, besh yil mobaynida muayyan kasb bilan shug’ullangan fuqarolar ishirok etishi mumkin. Ishtirokchilarga yosh bo`yicha cheklovlar qo`yilmagan.
O`tgan yil 1536 o`zbekistonlik grin kartani qo'lga kiritgan. Aynan necha kishi grin karta bo`yicha yutuqqa erishganini aniq aytish qiyin. Viza berililmaslik holatlari ko`proq ishtirokchining qay darajada anketa talablariga javob bera olishi, konsullikda o`tgan suhbat natijalari bilan bo`gliq.
Masalan, firibgarlik bilan shug`ullangan yoki anketa savollariga noto`g'ri javob berganlarga grin karta berilmaydi.
AQSh elchixonasi lotereya qatnashchilarini tanlash jarayoniga ta`sir qila olmaydi, chunki u kompyuterda, tasodifiy yo’l bilan amalga oshiriladi.
O'yinda yutgan kishiga bu haqda elektron pochta emas, oddiy pochta xizmati orqali xabar beriladi.