Bishkek Manasdagi halokatda AQShni ayblamoqda

Qirg’iziston shu yilning sentyabr oyida Manas aerportida ikki samolyotning urilib ketishida AQSh harbiylari aybdor degan qarorga keldi.

AQSh harbiy samolyoti o’shanda Qirg’iziston yo’lovchi samolyoti bilan to’qnashgan edi. Natijada Amerika samolyotining chap qanoti yonib ketgan, biroq hech kim jarohat olmagan edi.

Manasda bir necha harbiy samolyotlarini saqlovchi AQSh rasmiy Bishkek xulosasiga javob berganicha yo’q.