O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida vizasiz tartib kuchga kirgan

Qirg’iziston-O’zbekiston chegarasida 15-fevraldan e’tiboran vizasiz tartib kuchga kirgan.

Endilikda ikki mamlakat fuqarolari 60 kun davomida bordi-keldi qilishlari mumkin.

Viza tartibini bekor qilish yuzasidan bitim 2006 yilning 3 oktyabr kuni Toshkentda ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida imzolangan edi.

Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasida viza tartibi joriy qilinganiga deyarli yetti yil bo’ldi. 1999-2000 yillarda O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolari Qirg’iziston janubiga hujum uyushtirgandan keyin, rasmiy Toshkent 2000 yilning 1 avgustidan e’tiboran chegarada viza tartibini joriy qilgan edi.