Jahonda gibrid mashinalarga, ham benzin, ham elektr quvvatida yuradigan avtomobillarga talab oshib bormoqda.
Elektr-ulovlar ilk bor 1970-yillarda paydo bo’lgan. Bugunga kelib esa ular ancha takomillashgan.
2010 yilga borib Mersedes va General Motors kompaniyalari o’z elektr avtomobillarini tanishtirishi kutilmoqda.
Brayan Murta Vashingtondan
yashaydi. Ishga har kuni elektr avtomobilida
qatnaydi. "Mashinam yomon emas",- deydi u.
Brayanning Toyota va Ford rusumidagi elektr ulovlari bor. Ular bir necha yil oldin juda oz miqdorda ishlab chiqarilgan edi.
Avtomobillar uning tomiga o’rnatilgan, quyosh nuridan quvvat oluvchi tizimga ulangan. Batareyalar undan energiya oladi.
"Havo kuchlari ofitseri edim. Nafaqaga chiqqach energiya va yonilg’i iste’molini kamaytirishga va bu borada hech kimga qaram bo’lmaslikka qaror qildim",- deydi Brayan.
Amerika avtosanoat egalari Brayan kabi mijozlar kelajakda yanada ko’payadi deb ishonadi.
Toyota, General Motors va Mersedes kabi kompaniyalar yaqin ikki yil ichida o’z mahsulotlarini keng ommaga namoyish etmoqchi.
Bugunga kelib Chevy Volt rusumidagi elektr-mashina ko’pchilik diqqatiga tushgan.
Brayan singari elektr ulov shinavandalari mashinani internetdan sotib oladi. Chunki bahosi nisbatan arzon. Toyota Prius, masalan, Brayanga 40 ming dollarga tushdi.
"Mashinaga katta og’irlik ham tushmaydi. Gravitasiya markazi benzinda yuradigan ulovlarnikidan ham yaxshi. Mashinani boshqarish juda oson…”
Mashina ichiga qiyo boqsangiz katta o’zgarishlarni ko’rmaysiz.
"Bu kabi avtomobillar havo yordamida soviydi hamda ko’p issiqlik ishlab chiqarmaydi, y’ani qish uchun sal noqulay. Shu sabab Toyota alohida issiqlik nasoslarini o’rnatdi",- deydi Brayan.
Avtomobil garajga kirgach zaryadga qo’yiladi.
Pedallar orasida kichik infra-qizil nurlar yordamida ishlaydigan tizim bor.
Tomda o’rnatilgan quyosh panellari elektr quvvatini to’plab avtomobilni jonlantiradi. Bir soatda batareyaning chorak qismi to’lib bo’ladi.
"Agar har kuni benzinda yuradigan mashinada ishga qatnasam kuniga 8 dollar ishlatgan bo’lardim",- deydi Brayan.
"Elektr mashina bilan kuniga 20-25 kilovat ishlataman. Bu degani uch dollar. Ha deganda buzulmaydi. Juda tejamkor".
Brayan energiya mustaqilligi yo’lida uyini ham quyosh nuri bilan isitadi. Barcha jihoz va uskuna oftobdan quvvatlanadi. Biroq hozirgi batareyalar unchalik katta emas.
"Mashinam uchun elektr quvvati ishlatmaganimda edi, tomimdagi 2200 kilovatlik panellar butun uyimga bemalol yetgan bo’lardi".
Yaqin orada Brayan yana 7 ming
kilovatlik panellarni garajining tepasiga o’rnatmoqchi. Shunda u keragidan
ortiq miqdorda elekt quvvati olib, barcha ehtiyojlarini qoplagan bo’ladi.