Qirg'iziston O'zbekiston chegarada o'ra qaziyotganidan norozi

Qig’iziston hukumati qo’shni O’zbekistonni chegarada noqonuniy ravishda o’ra qaziyotganlikda ayblamoqda.

Qirg’iz rasmiylarining aytishicha, bu ish biror ogohlantirishsiz qilinmoqda. O’zbekiston hech qanday izoh bermagan.

O’tgan oy chegarada otishma va portlash ro’y bergach, ikki davlat aloqalari taranglashgan. Andijonning Xonobod shahridagi xuruj bir necha kishini hayotdan olib ketgan; o’zbek-qirg’iz chegarasi vaqtincha yopilgan edi.