Jenevada kechgan muzokaralarda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston sovet davridan qolgan yadroviy chiqindilardan birgalikda qutulishga kelishib olgan.
Anjuman BMT tashabbusi bilan uyushtirilgan. Maqsad, deydi tashkilot rasmiylari, Markaziy Osiyo hududini radioaktiv va boshqa zaharli moddalardan tozalash.
Biroq bu katta mablag’ talab qiladi va davlatlar G’arbdan yordam so’ramoqda.
Hozirgacha bu harakatlarga AQSh hukumati moliya ajratib keladi.
BMT taxminicha yuqorida tilga olingan to’rt davlatda yotgan xavfli material va chiqindilar miqdori 800 million tonnadan oshadi.
Ular barbod etilmasa, deydi mutaxassislar, tabiiy ofatlar, jumladan zilzilalar yuzaga kelishi mumkin.