Guantanamoda 7 yil o'tirgan o'zbek Shveysariyaga yo'l olgan

AQShning Guantanamodagi qamoqxonasida yetti yil o’tirgan, biror jinoyatda ayblanmagan o’zbekistonlik, Shveysariya hukumatining bayon qilishicha, bu mamlakatda yangi hayot boshlamoqda.

Bu shaxsning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning qayerda ekani va ism-sharifi oshkor etilmayapti.

Sobiq mahbus til o’rganib, ish topib, bu jamiyatda o’rnashish niyatida, deydi rasmiylar. Shveysariya hozirda Guantanamoda erkinligini kutib o’tirgan ikki uyg’urga ham boshpana berishi mumkin.