O'shda Qurmanbek Bakiyevni yoqlab rejalangan namoyish muvaqqat hukumat tarafdorlarining qarshiligi sabab tarqatilgan.
Yig’in paytida o’q ovozlari yangragan. So’zlashga taraddud qilgan Bakiyev shahardan qochishga majbur bo’lgan.
Uning O’shga borishdan asosiy maqsadi tarafdorlarini bir joyga to’plash, janubda uni qo’llab-quvvatlovchi kuchlar borligini namoyish etish edi.
Biroq O’sh ahli nazarida Bakiyev noqobil rahbar.
Shu bilan birga, muvaqqat hukumatning va’dalariga ham ishonmayotganlar anchagina.
Ayrimlar nazarida esa har qanday g’ala-g’ovurdan ko’ra Bakiyev davri afzal bo’lgan.
Rahbariyatga yangi, yosh kuchlar kelishi kerak, deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan o'shliklar.
Bakiyev 15 aprel kuni Qozog'istonga jo'nab ketishidan oldin prezidentlik lavozimidan ketish haqidagi arizaga imzo chekkan.
Reportaj to'liq holda audio faylda.