Nyu York 11 sentyabrni xotirladi - 2004-09-13

2001 yilning 11 sentyabri. Nyu Yorkdagi Jahon Savdo Markazi binolarining qulashi AQSh xalqi xotirasiga abadiy yozildi. Oradan uch yil o’tib, muhit ancha o’zgargan. Uni xushmanzara deya olmaysiz.

Ammo, minglab kishilar halok bo’lgan joyga ko’z tashlash uchun kelayotgan sayyohlar soni yuzlarcha. Qo'radan qarashadi, rasmga olishadi.

Rasmlar, balki, osha mash’um kundan yodgorlik. Egizak binolar yaqinida yashagan nyu yorkliklar uchun esa undan yodgorliklar kerakmas. Derazani ochsangiz bas.

Robert va Alison Simkolar osmono’par minoralar yaqinida ishlashardi. Xususiy gazetalari bor. 1997 yildan beri chiqadi. 12 qavatda joylashgan idoralaridan Erkinlik Malikasining haykali yaqqol ko’rinadi. Manzaradan shu binoning yuqori qavatlaridan birida joylashgan uylaridanb turib ham maroqlanish mumkin.

Robertning aytishicha, uning oilasi shu hududda yashayotganidan juda xursand. Tumanni tanitgan Jahon Savdo Markazining osmon’opar binolari endi yo’q, ammo boshqa joyga ko’chish hayolimizga ham kelmaydi, deydi u. "Ularning o’zini bir shahar desa bo’lardi. Ulardan shunday ayovsiz tarzda mahrum bo’lish hammamizni dahshatga soldi."

"Jahon Savdo Markazi hayotimizning bir qismi edi. Ichida bozor bor edi. Dorixona ham, kitob do’koni ham o’sha yerda edi. Ko’chani shunday kesib o’tib, Jahon Savdo Markazda bozor qilardik. Ammo, u davrlar o’tib ketdi. Hayotimizni qayta quryapmiz," deydi Alison.

Robert va Alison ishxonadan turib pastga qarashsa, kemasida o’tirgan Pat Harrisni ko’rishadi. Pat 11 senyabr kuni tongda ham suv bo’yida edi. Ko’z o’ngida, birdaniga, binolarning biriga samolyot kelib urildi. U va atrofdagi boshqa qayiqchilar Mahnattanning quyi qismidagi kishilarni daryoning narigi betiga, Nyu Jersey shtatiga evakuatsiya qilishni boshlashdi.

Voqeadan keyin uning biznesi ancha to’htadi, ammo endilikda odamlar sohilga qaytishyapti, deya hikoya qiladi u: "Odamlar bu yerga tashvishlarni unutish uchun kelishadi. Qayiqlar orzu demakdir. Menimcha, umrida kemaga o’tirib, palmasi bor tropik orollarga ketib qolishni istamagan odam bo'’masa kerak. Biz bu yerda o’shaning ozginasini taklif qilamiz."

Jahon Savdo Binosidan qo’lgan maydon yaqinida Sent Po’l Ibodatxonasi joylashgan. Qarangki, hujumlarda unga uncha zarar yetmadi. Vayrona ichida ishlagan qidiruvchilar shu yerda dam olishgan; o’zlarini ruhan tetik saqlash yo’lida shu yerga kelishgan. 11 sentyabrdan keyin odamlar jiddiy savollar bera boshlashdi, deydi ruhoniy Stuart Houk.

"Bunda xudoning qo’li bormi? Xudo nima qildi? Bizdan yuz o’girdimi? Xudo bormi? U bizni saqlaydimi? Cherkovga borish biz uchun endi qiyin, deganlar ham bo’ldi," deydi u.

"Ba’zilar esa voqea ko’zimizni ochdi, eshik ochiq bo’lsa, doimo shu yerdamiz, deyishdi. Voqeaga uch yil to’lar ekan, o’sha kunlar haqida o’ylayapman, xotirlayapman, o’sha kundagi voqealarni hayolimdan o’tkazyapman, qayg’uga cho’myapman. Bir paytning o’zida qanday o’zgarishlar bo’lganini ko’rib umidga to’lyapman."

Robert, bular o'lmas tuyg'ular, deydi. "Uyimdan chiqarkanman, ko’m-ko’k osmonga qarayman. Go’zal minoralar bor edi o’sha joyda. Ularni uch yil keyin ham qumsayman."