Pol Vulfovits Jahon banki prezidentligiga tayinlandi

Jahon bankining ijroiya direktorlari AQSh mudofaa vazirining o'rinbosari Pol Vulfovitsni bankning yangi prezidenti etib tayinlashdi.

31 mart kuni Vashingtonda bo'lib o'tgan bankning boshqaruv kengashi majlisi davomida kengash a'zolarining barchasi Prezident Jorj Bush taklif etgan nomzodni qo'llab-quvvatladilar. Vulfovits o'zining yangi ishiga 1 iyundan tushadi.

Uning g'alaba qozonishi chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi vakillarining Vulfovits nomzodligiga qarshiliklari yo'q ekanligi ayon bo'lgandan so'ng oydinlashdi. Ma'lumki, Yevropada Vulfovitsni uning Iroqdagi urushni rejalashtirgani uchun xush ko'rishmaydi. Tanqidchilar uning halqaro taraqqiyot sohasida tajribasi kam, deb ta'kidlashadi.

Bunday munosabatdan xabardor Vulfovits bankning maqsadlariga sodiq ekanini qayd etadi.

Odatda bank prezidenti AQSh tomonidan tavsiya etiladi. Yevropa davlatlari esa bankka sherik muassasa hisoblangan Xalqaro valyuta jamg'armasining rahbarini tanlaydi.