AQSh sudi radikal ulamo Abu Hamzani terrorizmda aybdor topib, umrbod ozodlikdan mahrum etdi.
Nyu-York shahar sudi hukmni juma kuni e'lon qildi.
Abu Hamzaning asl ismi Mustafo Kamol Mustafo. Advokatlar uning bir ko'zi ko'rmasligi, ikki qo'li amputatsiya qilinganini aytib keskin jazo bermaslikni so'rayotgan edi.
Abu Hamza terrorchilarni xomashyo va moliya bilan ta'minlab turganlikda aybdor topilgan.
AQShga ekstraditsiya qilinishdan oldin u Britaniyada musulmonlarni boshqa din ahliga qarshi urushga da'vat etgani uchun yetti yil qamoqda o'tirib chiqqan edi.