AQShning Afg’onistondagi bosh qo’mondoni general Jon Allen so’nggi paytlarda ko’paygan “ichki hujumlar” dan g’azabda ekanini aytmoqda. Afg’on zobitlarining xalqaro qo’shinlarga hamlalariga shunday nom berilgan.
CBS telekanaliga bergan intervyusida general Allen afg’on kampaniyasini yakuniga yetkazish uchun ko’p narsaga tayyormiz, lekin qotilliklarga chidab o’tirmaymiz, deya ta’kidladi.
Shu yilning o’zida ichki hujumlar oqibatida NATO 50 dan ziyod askaridan ayrildi. Allen so’zlariga ko’ra, Iroq urushi paytida qo’lbola portlovchi moslamalar jangarilar tomonidan keng qo’llanilgan bo’lsa, Afg’onistonda toliblar ichki hujumlarni asosiy qurol qilib olgan.
Tolibon harakati buni tasdiqlamoqda. “Bu harbiy strategiyamizning bir qismi. Afg’oniston politsiyasi va armiyasi safida bizning odamlarimiz bor”, - deydi harakat vakili.
Your browser doesn’t support HTML5