Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Islomobodga safar qilib, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasida muzokaralarni uyushtirish xususida gaplashdi.
Karzayning aytishicha, ikki davlat ekstremizmga qarshi kurash va tinchlikni targ’ib qilish uchun hamkorlikni kuchaytirishi lozim.
Sharif Afg’onistonda tinchlik va yarash jarayonini qo’llab-quvvatlashini bildirib, unga afg’onlar bosh bo’lishi kerakligini aytgan.
Ikki rahbar savdo, iqtisodiyot, energetika va aloqa sohalarida ham hamkorlikni oshirish xususida fikr almashgan.
Afg’oniston va Pokiston munosabatlari o’tmishda sovuq bo’lgan, chunki Kobul Islomobodni toliblarga boshpana berib, ularni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab kelgan. Pokiston esa bu ayblovlarni inkor etib keladi.
Karzay Islomoboddan o’z qamoqxonalaridan barcha afg’on mahbuslarni ozod etishni ham so’ragan, jumladan Tolibon qo’mondonining sobiq o’rinbosari Mulla Abdul G’ani Birodarni.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Birodar Afg’oniston hukumati bilan muzokaraga mustaqil ravishda kirishmoqchi bo’lgan, ammo bundan norozi qo’shni davlat rasmiylari uni 2010-yilda Pokistonga safari chog’ida hibsga olgan.