Afg'oniston razvedkasi dushanba kuni parlamentga qilingan hujumni Haqqoniy tarmog'idan ko'rayapti.
Kobul nazarida hujumda Pokiston maxfiy xizmati xodimining ham qo'li bor.
Toliblar parlament binosiga bostirib kirib, o't ochganida va portlashlar sodir etganida 30 kishi, jumladan, ayollar va bolalar o'lgan edi.
Afg'oniston xavfsizlik xizmatidan Hasib Siddiqiyning aytishicha, dastlabki tergov natijalariga ko'ra, hujumni Haqqoniy tarmog'i Pokistondan turib rejalagan.
Ularga Pokiston maxfiy xizmatining xodimi har jihatdan yordam berib turgan.
Afg'oniston qonunchilik organiga hamlani rejalash va amalga oshirish uchun jangarilarga yetti yarim million Pokiston rupiyasi berilgan, deydi afg'on mutasaddilari.
Bu taxminlar Pokiston va Afg'oniston hukumatlarining orasini buzishi mumkin. Taraflar oxirgi paytlarda rishtalarni yaxshilash uchun ancha harakat qilib keladi.