Kobul aeroporti yaqinida portlash

  • Amerika Ovozi

Politsiyaning bildirishicha, maqsad xavfsizlik xodimlarini nishonga olish bo'lgan.

Afg'oniston rasmiylarining aytishicha, Kobul aeroporti yaqinida bir odam o'zini portlatib, kamida bir kishini o'ldirgan va yana 13 odamni jarohatlangan.

Tolibon bu hujum uning ishi ekanini da'vo qilayapti. Portlash natijasida o'sha atrofdagi binolar ham zarar ko'rgan.

Politsiyaning bildirishicha, maqsad xavfsizlik xodimlarini nishonga olish bo'lgan.

Hujum Pokiston armiyasi rahbari general Rahil Sharif Kobulga borganidan bir kun o'tib sodir etildi. General toliblar bilan muzokaralar istiqbolini muhokama qilgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Pokistondagi afg'on qochoqlari

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston kelajagi va Amerika roli