Afg’onistonda xizmat qilayotgan avstraliyalik askarlarning oxirgi bo’limi vatanga yo’l olayapti. Avstraliya harbiylari bu davlatda 12 yil davomida NATO boshliq qo’shinlar safida jang qildi.
Bosh vazir Toni Abbotning aytishicha, janubdagi Uruzgon viloyatida sezilarli yutuqlarda erishilgan.
Avstraliya harbiylari aynan o’sha yerda mahalliy armiya va politsiyaning malakasini oshirgan, ular bilan bir qatorda jang qilgan.
“Urush poyoniga yetmoqda. To’liq g’alabaga hali erishilgani yo’q, biroq Afg’oniston, xususan, Uruzgon avvalgidan osuda, barqaror davlat bugun. Va bunda bizning hissamiz bor”, - dedi bosh vazir.
Urush davomida Avstraliya 40 askaridan ayrilgan. Bu davlat NATOga a’zo bo’lmagan davlatlar safida Afg’onistonga eng ko’p qo’shin jo’natdi – 1550 askar.
Shundan 400 nafari Kobul va Qandahorda qolib, faqat mashqlar va maslahat bilan yordam berishda davom etadi.
Aksariyat xorijlik harbiylar kelasi yil oxirigacha Afg’onistondan ketishi kutilmoqda.