Afg’onistonda 5-aprelga belgilangan prezident saylovlari oldidan nomzodlar o’z dasturini tushuntirish bilan band.
Xalq bo’lg’usi rahbardan xavfsizlikni ta’minlab, iqtisodiy vaziyatni yaxshilashni kutmoqda. Urushlar ketidan tinch hayot kechirmoqchimiz, deydi ular.
Prezidentlik uchun 11 kishi o’z nomzodini qo’ygan. Ular orasida Ashraf G’ani Ahmadzay va Abdulla Abdulla kuchli da’vogarlar hisoblanadi.
Ahmadzay deydiki, Afg’oniston oyoqqa tura olishini isbotlasa qo’shni o’lkalar ham uni hurmat qila boshlaydi. Odamlarni o’ldirish, qon to’kish bilan mashg’ul odamlar kechirilmaydi, deydi u. Beqarorlikka yetaklovchi sabablar esa korrupsiya va tarqoqlik, bunga chek qo’yish kerak.
“Barcha o’lkalar urush zararli ekanini tan olgan. Urushda qurbon bo’layotganlar kambag’allar avlodi. Qani endi boy odamlarning farzandlari? Bugun yosh afg’onlarning qoni bir tiyin. Biz yoshlarning qotiliga aylanganmiz. Tinchlikka erishish qurbonlik talab qiladi, lekin har narsaning ham cheki bor. Tinchlik uchun yangidan urush boshlanmasligi kerak. Biz shunday hukumat tuzamizki, u hammaning manfaatini ko’zlaydi”, - deydi Ahmadzay.
Abdulla Abdulla nazarida, hozirgi hukumat noqobil.
“Afg’onlar ayollar va erkaklar teng huquqli bo’lsin deydi. Lekin hozirgi hukumat buni ta’minlay olmadi. Har bir tuzumning ishi – xalq huquqini himoya qilib, unga xizmat qilish. Bugun olim, muallim, ayol, tinchlik kengashi a’zolari - hamma o’ldiriladi, nishonga olinadi. Hukumat ularni mudofaa qilmayapti. Aksincha, yuzlab aholini o’ldirgan odamlarni, xalq dushmanlarini prezident birodar deb ataydi. Bu tinchlikka yetaklamaydi, balki dushmanlarga kuch beradi”, - deydi doktor Abdulla.
Afg’oniston iqtisodiyotini rivojlantirish bu nomzodlar fikricha eng asosiy vazifalardan biri.
“Biz qashshoqlik va ishsizlikni yengish uchun kuchli reja bilan chiqamiz. Yoshlarga ish joylari yaratib, milliy daromadni oshiramiz”, - deydi Ashraf G’ani Ahmadzay.
Abdulla Abdulla olis hududlarda targ’ibot olib bormoqda.
“Qishloqlarda ishsizlik avjiga chiqqan. Xorijiy o’lkalarga ish izlab ketayotganlar ham asosan shu yerlardan. Qishloqlar uchun alohida rejalar tuzishimiz lozim, aynan qishloqlarni rivojlantirib, qashshoqlikni yo’qotish ustida ishlaymiz. Nazardan uzoqda qolgan qishloqlarga ko’proq mablag’ ajratish zarur”,- deydi Abdulla.
Prezidentlikka nomzod Ashraf G’ani Ahmadzayning birinchi muovini sifatida ko’rsatilgan general Abdulrashid Do’stum ham shimoliy viloyatlarda saylov kampanyasini davom ettirmoqda.
Do’stum, “Junbushi Milliy Islomiy” partiyasi rahbari, yaqinda Qunduz viloyatida qariyb 30 ming fuqaro oldida o’tkazilgan yig’inda qatnashgan.
U Maymana shahrida ro’y bergan hujumda halok bo’lgan fuqarolarni eslab, bu kabi xatti-harakatlar bizlarni va tarafdorlarimizni qo’rqita olmaydi va biz albatta shu xalqning ovozi bilan g’alaba qilamiz, dedi.
“Sizga aytaman qunduzlik xalqim! Tinchlik va obodonlik osonlik bilan qo’lga kiritilgani yo’q, buning uchun ko’plar qurbon bo’ldi. General Do’stum va Ashraf G’anining tarafdorlari bundan qo’rqmaydi. Biz bunday hollarni ko’p ko’rganmiz. Bulardan xalq qo’rqmaydi va o’zlarini boy bermaydi”, - dedi general o’z nutqida.
“Xalqimiz saylovlarda faol qatnashishiga guvoh bo’lasiz. Ashraf G’ani saylovni yutadimi, yo’qmi, bunga butun dunyo guvoh bo’ladi”.
Your browser doesn’t support HTML5