Afg'onistonda xalqaro qo'shin jangarilar hujumiga uchragan. Yordamga borgan koalitsiya adashib o'z safdoshlarini o'qqa tutgan.
Amerika mudofaa rasmiylarining aytishicha, Afg’onistonda kecha ro’y bergan janubdagi otishmada amerikalik besh askar halok bo’lgan. Zabul viloyatidagi voqeada bir afg’on harbiysi ham o’lgani xabar qilinadi.
Viloyat politsiyasi rahbari G’ulom Saxi Ruglavanay so’zlariga ko’ra, Arg’anbob tumanida koalitsiya askarlari jangarilar hujumiga uchragan.
Askarlar harbiy havo kuchlarini yordamga chorlagan. Biroq ko’mak uchun borgan havo kuchlari adashib koalitsiya askarlariga qarata o’t ochgan.
Toliblar Zabuldagi hujum ularning ishi ekanini aytadi. Jangarilar shanba kungi prezident saylovlari oldidan hujumlarni oshirishi haqida ogohlantirgan edi.
Afg’onistonda 14-iyun kuni prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi o’tadi va unda sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla va Jahon banki sobiq rasmiysi Ashraf G’ani bellashadi.