Xalqaro koalitsiya Afg’onistonni tark etarkan, NATO O’zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqda. President Islom Karimov harbiy ittifoq Afg’onistondan chiqishga shoshmasligi kerak deb keladi. Yaqindan beri blok Toshkentda mintaqaviy vakolatxonaga ega. Sal oldinroq ish boshlagan bu maskan 16-may kuni rasman ochildi.
O’zbekistonning G’arb bilan munosabatlarini ushlab turgan eng asosiy ustun -Afg’oniston. Ukraina mojarosi davom etar ekan, Rossiya solayotgan tahdid mintaqa davlatlarini G’arbga yaqinlashtirsa ajab emas, deydi ekspertlar.
O’zbekiston - mintaqada Ukraina hududiy yaxlitligini rasman quvvatlab chiqqan va bu pozitsiyasida qa’tiy turgan yagona davlat. G’arb bu siyosatni olqishlamoqda.
Siyosatshunos Namoz Normo’min nazarida Ukraina mashmashasi G’arb va Toshkentha mushtarak manfaatlarni eslatdi.
“Ukrainadagi mojarolar bois Rossiya va Garb o’rtasidagi aloqalarning ziddiyatlashishi O’zbekiston uchun foydali bo’lishi mumkin. Rossiya G’arbning Afg’onistondagi kuchlarini o’z hududidan o’tkazmay qo’yishi ham mumkin. Bu esa O’zbekistonga bo’lgan ehtiyojni keskin oshiradi. Vaziyat shunday ketsa, xalqaro qo’shinlar ham, ularning texnikalari ham asosan O’zbekistonga kelib, keyinchalik uchoqlar yoki boshqa yo’llar orqali tashilishi mumkin. Ammo bu G’arb va O’zbekiston o’rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni anglatmaydi. G’arb hukumatdan yaxshilik kutib bo’lmasligini biladi. Bu munosabatlar doimiy, do’stona deyishga asos yo’q. Hozir qisqa muddatli manfaatlardan kelib chiqilmoqda”, - deydi Namoz Normo’min.
Ayni damda O’zbekiston, qo’shni davlatlar va Rossiya orqali asosan no-harbiy vositalar olib o’tiladi. Bu mamlakatlar Shimoliy Ta’minot Tizimi degan yo’nalishga kiradi. Harbiy qurol-aslaha Pokiston orqali olib chiqilmoqda.
NATOning Toshkentdagi vakolatxonasi Afg’oniston bilan bog’liq ishlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni ham maqsad qiladi, jumladan O’zbekiston qurolli kuchlarini xalqaro standartlarga moslashda yordamlashish.
Idora ochilishini ishtirok etgan siyosatshunos Farhod Tolipov bu tarixiy burilish deydi.
“Hozir asosiy masala - NATO va mintaqa o’rtasidagi munosabatlar yangi bosqichda qanday rivojlanishi lozimligida. Chunki 1990-yillardan buyon NATO ham kengaydi. Bugun bir tomondan 28 davlat unga a’zo, boshqa tomondan esa qariyb 40 rasmiy sherikka ega. Sheriklar bilan nafaqat harbiy balki boshqa sohalarda ham hamkorlik olib boriladi. Shu bois ham biz NATOdan ancha foyda ko’rishimiz, umumiy loyihalar amalga oshirishimiz mumkin. Hozirgacha ham shunday bo’ldi. Mana masalan Afg’oniston… Bu bosqichda NATO bilan hamkorlik yangicha ko’rinish olishi shubhasiz. Bunda esa Toshkentdagi missiyaning ham xizmati katta bo’ladi”, - deydi Tolipov.
NATO Bosh kotibining Kavkaz va Markaziy osiyo bo’yicha maxsus vakili Jeyms Appaturay vakolatxona ochilgan kuni matbuotga bergan intervyusida hamkorlik uzoq muddatni ko’zlaydi deb aytgan.
O’zbekiston prezidenti Shanxayda o’tgan Osiyoda hamkorlik va ichonch choralari bo’yicha kengash sammitida shuni ta’kidladiki, vaziyat NATO qo’shinlarining Afg’onistonda uzoqroq qolishini talab etmoqda.
Rossiya rus millati manfaatlari bahonasida Qrimni o’z hududiga qo’shib olishi, Ukraina sharqida kechayotgan zo’ravonliklar ruslar katta sonni tashkil etuvchi Markaziy Osiyoda jiddiy xavotir uyg’otgan. Rossiya ta’sir doirasida qolayotgan mintaqada tashqi siyosatni muvozanatlash masalasi dolzarblashgan.
Ukraina bilan chegaradosh bo’lgan Yevropa ham Rossiya harakatlaridan sergak tortgan. Navbatdagi sammitiga hozirlik ko’rayotgan NATO sobiq ittifoq davlatlaridan birida harbiy baza tashkil etish rejasini ham muhokama qilishi mumkin degan ma’lumotlar bor.