Loya jirg'a AQSh bilan uzoq muddatli, strategik hamkorlik tarafdori

  • Amerika Ovozi

Loya jirg'a AQSh bilan uzoq muddatli, strategik hamkorlik tarafdori

Afg’onistondagi an’anaviy milliy yig’in, Loya Jirg’a, ishtirokchilari nazarida Amerika bu davlatning hamkori bo’lib qolishi kerak.

"Uzoq muddatli va strategik hamkorlikdan manfaatdormiz", - deydi oqsoqollar.

Kobul

Lekin, ularning fikricha, mustaqillik va suverenitetni saqlab qolish uchun Vashingtonga qat’iy shartlar qo’yish zarur.

Hamid Karzayning xalqaro koalitsiyaga qo’yayotgan sharti shuki, jangarilarga qarshi maxsus operatsiyalar uning hukumati bilan maslahatlashgan holda olib boriladi.

Hozir mamlakatda 130 ming a’zolik xalqaro koalitsiya bor. 2014-yil oxirigacha ular chiqib ketishni rejalamoqda.

Lekin Afg’oniston hukumati a’zolari “xavfsizlikni ta’minlash uchun chet el yordamiga muhtojmiz” deydi.

Loya jirg'a - an'anaviy yig'in

Amerika ko’mak davom etadi, e’tibor Afg’onistonni qayta tiklash va iqtisodiy taraqqiyotga qaratiladi deb kelmoqda.

Korrupsiya, uquvsizlik va zaif boshqaruv bu jarayonga g’ov bo’layotgan illatlar, deya tan oladi afg’onlar.

Bugun afg’on va xorijiy kuchlar adashib ikki politsiyachini o'ldirgan. Zobitlar ularni tanimaganini aytmoqda. Voqea o’tish punktida sodir bo’lgan.