Afg’onistonda o’zbeklar yetakchisi general Abdul Rashid Do’stumning Afg’oniston Milliy islomiy harakati prezident saylovida Ashraf G’ani Ahmadzoy nomzodini qo’llashini bildirgan. Do’stum esa Ahmadzoyga muovin, ya'ni birinchi vitse-prezidentlikka nomzod sifatida saylovda qatnashmoqchi.
Afg’oniston Milliy islomiy harakati so’zlovchisi doktor Abdulla Rahimiyning aytishicha, uzoq muzokaradan so’ng Ashraf G’ani Ahmadzoy nomzodini yoqlashga qaror qilingan.
“Bu general Do’stumning yakka qarori emas, partiya ichida saylovdagi ishtirok haqida uzoq mashvarat qilindi, shundan so’ng qaror olindi. Biz Afg’onistonda demokratik qadriyatni va ijtimoiy adolatni tiklashi mumkin bo’lgan bir nomzodni himoya qilmoqhi edik. Shunday odamni doktor Ashraf G’ani Ahmadzoy misolida ko’rdik. U juda o’qimishli, yuksak martabali joylarda ishlagan, nafaqat Afg’oniston, balki jahonda ham ancha taniqli odam”, - deydi doktor Rahimiy.
Abdulla Rahimiyga ko’ra, hozircha general Do’stum va Ashraf G’ani o’rtasida kechgan kelishuv tafsilotlari haqida, shuningdek, nomzod turkiylar manfaatini qay darajada himoya qilishi haqida ham gapirishga erta. General Do’stum saylovda Ashraf G’anining birinchi muovini sifatida qatnashmoqda.
“Bir nomzod saylovda qatnashayotgan ekan, uning shunga yarasha o’z maqsadi bo’ladi. Bu maqsadlar yaqinda e’lon qilinsa ham kerak. Albatta, ular ichida milliy niyatlar ham bor, biroq bu yerda gap faqat general Do’stumg bog’liq emas, balki bu qatorda hazoralarning taniqli yetakchisi Karim Xaliliy ham bor. U kishi ikkinchi muovin sifatida ro'yxatdan o'tdi. Bu boradagi protokol e’lon qilinadi”, - deydi doktor Rahimiy.
Partiya bir muddat avval prezidentlik saylovi arafasida shimolda tashkil topgan saylov ittifoqiga qo’shilgan edi. Doktor Rahimiy deydiki, bu alyans o’zaro hamkorlik shartlarini buzgan va natijada partiya ittifoqni tark etishga majbur bo’lgan.
“Bizning o’rtamizda protokol tuzilgan edi, bu protokolda kelayotgan saylovlarda biz bamaslahat bitta nomzod ko’rsatamiz degan modda bor edi, shuni nazarga olishmadi. Nafaqat general Do’stum, balki boshqa partiylar bilan ham maslahatlashmasdan 3-4 guruh bo’lib, doktor Abdulla Abdulla nomzodi ko’rsatilgan nomani general Do’stum o’ngiga keltirishgach, hamfikr bo’lmaydigan bir holat o’rtaga chiqdi. Shundan keyin biz yo’q, o’zimiz uchun boshqa bir muqobil siyosiy yo’llarni ko’ramiz dedik. Bu alyansni Admad Ziyo Masud, Amrullo Solih kabi siyosatchilar ham tark etishdi”, - deydi u.
Doktor Rahimiyning aytishicha, Afg’oniston milliy islomiy harakati qo’llovi Ashraf G’ani nomzodi uchun nafaqat shimoldagi o’zbeklar, balki aksariyat turkiy xalqlar ovozini ham kafolatlaydi.
“Afg’onistondagi turkiy xalqlarning 97 foizi shu partiyani qo’llab keladi. Shu sababli bu partiya rahbari kim bilandir protokol imzolar ekan, bu protokol nafaqat turkiylar tomonidan, balki general Do’stumning tojiklar, hazoralar, pashtulardan qancha tarafdorlari bor, ular ham bu nomzodni qo’llab-quvvatlashiga umid qilish mumkin”, - deydi u.
Afg’onistondagi yirik siyosatchilardan biri bo’lgan general Do’stum mamlakatda o’tgan ilk prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida qatnashgan edi.
“U paytlar sharoit boshqacha edi, shuning uchun ham generalning o’zi maydonga kirgan edi. Hozir boshqacha vaziyat, odamlarimizdagi siyosiy qarash ham rivojlanib borayapti. Umuman, bizning partiyaning siyosati shuki, Afg’onistonda birorta yagona etnik guruhdan iborat hukumat bo’lmaydi”, - deydi doktor Rahimiy.
19-oktabr kuni Afg’oniston mustaqil saylov komissiyasi prezidentlikka nomzodlar ro’yxatini rasman e’lon qiladi. Saylov esa 2014-yilning 5-apreliga belgilangan.