Jazoir Havo yo’llariga qarashli samolyot Malida qulashi oqibatida undagi 116 kishidan birortasi omon qolmagan.
Payshanba kuni Burkina Fasodan Jazoirga uchayotgan layner bortida 51 nafar fransuz, Burkina Fasodan 24 kishi, livanlik sakkiz fuqaro, olti jazoirlik va yana 11 mamlakat fuqarolari bo’lgan.
Fransiya prezidenti Fransua Olland samolyot qulagan joyga harbiylarini safarbar etgan.
Ollandning aytishicha, samolyotning qora qutisi qidirib topilgan va halokat sabablari tergov qilinayapti. Taxminlarga ko’ra, ob-havo yomonlashgani halokatga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.
Malida jangarilar ham faoliyat yuritayotgani va ular laynerni urib tushirgani yana bir ehtimol sifatida olg’a surilmoqda.