Nazarboyevning sobiq kuyovi Vena qamoqxonasida o'lgan

  • Amerika Ovozi

Rohat Aliyev

Qozog'iston sobiq elchisi hamda Prezident Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev Venadagi qamoqxonada o'zini dorga osgani aytilmoqda.

So'nggi bir necha yildan beri Avstriyada yashab kelgan Aliyev 2007-yilda Qozog'istonda ikki bankirning o'limida ayblanib, o'tgan yil iyunida hibga olingan edi. Sobiq diplomat ayblovlarni inkor etib kelgan.

2008-yilga borib Aliyevning Nazarboyev bilan munosabati sovuqlashgan. Almati sudi prezidentning kuyovini davlat to'ntarishiga harakatda va jinoiy to'da tuzganlikda aybdor topib, 40 yilga sirtdan qamagan edi. Aliyev sud jarayonidan oldin Avstriyaga ketib, o'sha yerda siyosiy boshpana so'ragan edi.

2009-yilda Aliyev matbuotga intervyu berib, Qozog'iston xavfsizlik xizmati xodimlari uning payiga tushganini, hayoti xavf ostida ekanini aytgan edi. Uning advokatlari joniga qasd qilganiga ishonmaydi.