Amerika matbuotining yoritishicha, Suriyada "Islomiy davlat" deya tanilgan jangari guruh asirasi, amerikalik Kayla Mullerni o'limidan oldin jangarilar sardori bot-bot zo'rlagan.
Matbuot Mullerning ota-onasi va AQSh rasmiylariga asoslanib xabar beradi.
Jangarilar rahbari Abu Bakr al-Bag'dodiy Mullerning nomusiga tekkan, qiynagan, uni qul qilib ishlatgan.
Bu ma'lumot al-Bag'dodiyning qo'liga asirga tushgan va qochishga muvaffaq bo'lgan yazidiy qizlarning ko'rsatmasiga asoslanmoqda.
Kayla Muller 2013-yuilning avgustida Suriyaning Halab shahrida olib qochilgan edi. U avval mintaqada insonparvarlik ishlarida yordam berish bilan band edi.
Chegara bilmas shifokorlarga yordam berib, uyiga qaytayotganida o'g'irlangan.
Jangarilarning ta'kidlashicha, u fevralda Iordaniya harbiy samolyotlari amalga oshirgan havo hujumida jon bergan.