Andijon qirg’ini yuzasidan adolatni tiklash uchun tuzilgan “Adolat va Tiklanish” tashkiloti fojea yuz berganining sakkizinchi yiliga kelib faoliyatini to’xtatdi. Ammo guruh oldiga qo’ygan maqsadlarga erishilganicha yo’q. Qatag’on ortidan quvg’inga uchragan andijonliklar ham, ularning mamlakatda qolgan yaqinlari ham hamon tazyiq va bosimlardan xoli emas.
Germaniyada tashkil topgan “Adolat va Tiklanish” tashkiloti faollaridan birining “Amerika ovozi”ga aytishicha, tashkilot faoliyatining to’xtab qolishi ortida, asosan, andijonliklarga nisbatan tashqarida va ichkarida davom etayotgan kuchli bosim turibdi.
“Tashkilotimiz faoliyati to’xtab turibdi, desa ham bo’ladi. Xalq Harakatidan chiqqanimizdan keyin nomi ham o’zgardi, nizomlari ham. Turmada o’tirgan yigitlarimizga qiynoqlar kuchayib ketganidan keyin to’xtatishga majbur bo’ldik”, - deydi u.
Ismi yashirin qolishini istagan bu andijonlikka ko’ra, tashkilot bugun biror siyosiy faoliyat bilan shug’ullanmaydi. Andijon fojeasi yuzasidan adolatni qaror toptirish maqsadi amalga oshmagan. Ayni paytda qirg’inning sakkiz yilligini xotirlash bo’yicha biror tadbir rejalangani yo’q yoki o’tkazilgani unga ma’lum emas.
“Adolat va Tiklanish” tashkiloti rasmiy saytidagi so’nggi bayonot 2012-yilda qo’yilgan. Biroq unda tashkilot faoliyati tugatilgani yoki to’xtatilgani haqida biror ma’lumot uchramaydi.
“Adolat va Tiklanish”ning internetdagi sayti uchun mas’ul bo’lgan tashkilot vakillaridan birining aytishicha, so’nggi paytda yuz bergan o’zgarishlar bois tashkilot maqsadi qayta ko’rib chiqilgan.
“Oxirgi davrda shu narsalar yo’lga qo’yilgan, shu narsalar ustida ishlashga kelishilgan. Ya’ni bugungi kunda tashkilot chet eldagi o’zbeklarning birlashmasi bo’lib, turli milliy-madaniy tadbirlar o’tkazish uslubida ketayapti. Bizga shu narsa kerak, deb shunday xulosaga keldik ”, - deydi tashkilot faoli.
Dastlab, “Andijon – Adolat va Tiklanish” nomi bilan tuzilgan tashkilot Andijon qirg’ini yuzasidan haqiqatni tiklash, bu borada xalqaro sudlarga murojaat qilish da’vosi bilan chiqqan edi. Keyinchalik u “13-may ittifoqi” nomi bilan siyosiy harakatga aylandi. Keyinroq O’zbekiston Xalq Harakati tashkil topgach, ular safiga qo’shildi.
Ammo ko’p o’tmay Xalq Harakati safidan chiqqanini e’lon qiladi va o’z nomini “Adolat va Tiklanish” deb o’zgartiradi. Bugunga kelib, asosan, Andijon fojeasi guvohlarini o’z ichiga olgan tashkilot faoliyatini butunlay to’xtatgan.
Bundan sakkiz yil muqaddam 13-may kuni Andijonda hukumatdan norozi bo’lib shahar maydoniga yig’ilgan xalq o’qqa tutilgan edi. Qurbonlarning aniq soni, fojea sabablari hamon bahsli. 187 odam halok bo’lgani haqidagi rasmiy ma’lumot shubhali baholansa, 800 ga yaqin odam o’ldirilgani haqidagi norasmiy xabarlar ham o’z isbotini topmagan.
O’zbekiston hukumati Andijon voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruvga ruxsat bermadi. BMTning Inson huquqlari bo’yicha yaqinda o’tgan majlisida o’zbek rasmiylari Andijon masalasi to’liq o’rganilganini ta’kidladi.
O’zbekiston hukumati Andijonda yuz bergan fojeani Farg’ona vodiysida islomiy xalifalik qurishni maqsad qilgan terrorchi guruhlar ishi sifatida taqdim etadi. Qirg’inga aloqadorlikda ayblanib ko’plab andijonliklar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Voqea guvohlari esa namoyishchilar hukumat kuchlari tomonidan ayovsiz o’qqa tutilganini aytadi. 13-may voqealaridan so’ng 500dan ortiq andijonlik qochqin sifatida mamlakatni tark etdi. Bugun xorijiy o’lkalardan siyosiy boshpana topgan bu insonlar hamon ta’qiblardan xavotirda yashashlarini aytadi.
O’zbekistonda Andijon fojealarini xotirlash taqiqlangan mavzulardan. Voqea bo’yicha bu yilgi yagona tadbir O’zbekiston Xalq Harakati faollari tomonidan Istanbulda o’tkazildi.
AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ham qurbonlar oilalari uchun hamdardlik bayonoti chiqargan. Unda fojea oqibatida ko’rilgan o’gir yo’qotishlar dardini faqat samimiy muloqot va javobgarlik hissi bilan yengillashtirish mumkin ekanligi aytiladi.
Your browser doesn’t support HTML5