So’nggi 20 yilda dunyo bo’ylab ocharchilik ko’lami pasaygan, deyiladi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti hisobotida. Biroq ayrim mintaqalar, xususan, Afrikada qorni och odamlar soni oshib bormoqda.
“Dunyoda yegulik xavfsizligi” deb nomlangan hisobot har yili chiqadi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti bosh direktori Xose Graziano da Silva hujjatni taqdim etar ekan, dunyo bo’ylab nonga zor insonlar soni 870 millionga teng, dedi. Bu tashkilot so’nggi yillarda chamalaganidan pastroq.
“Biroq bu hamon juda baland ko’rsatkich ekanini tushunishimiz kerak. Dunyoda har sakkiz odamdan biri och-nahor. Vaholanki, hammani to’ydirish uchun yegulik yetarli jahonda”, - deydi ekspert.
2009-yilda BMT bir burda nonga muhtojlar soni 1 milliardga teng, degan edi. Undan buyon ma’lumot to’plash usuli mukammallashdi va eski raqamlar oshirib yuborilgani ma’lum bo’ldi.
Sanash uslubi o’zgargach, so’nggi 20 yilda ochlikka yo’liqqanlar 100 million odamga kamaygani aniqlandi.
Bu xush xabar, deydi suhbatdosh. Biroq 2007-yildan buyon ahvol yana og’irlashdi:
“Bunga bir necha omil sababchi. Birinchisi iqtisodiy inqiroz, chunki ish joylari kamayib, odamlar daromadi pasaygan. Ikkinchidan, oziq-ovqat keskin qimmatlagan. Yegulik narxi oshsa, avvalo yo’qsillar, muhtojlar ziyon ko’radi, xoh u xaridor bo’lsin, xoh ishlab chiqaruvchi”, - deydi da Silva.
Hisobotga ko’ra, mintaqalarda progress su’rati har xil. Ayrim regionlar, masalan, Sharqiy Osiyoda oxirgi 20 yilda to’yib ovqat yemaydiganlar soni 80 millionga kamaygan. Afrikada, aksincha, ochlar soni 60 millionga oshgan.
Ekspertlarning aytishicha, hisob-kitobi usuli o’zgarib, raqamlar endi xolisroq, aniqroq. Yer yuzida ochlikda yashovchi insonlarning aksariyati – 852 millioni – Janubiy, Sharqiy Osiyo va Afrika ahlidir.