Yaqinda Qirg’iziston janubida ikki mingdan ziyod qo’yning sifatsiz emlash sabab nobud bo’lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu hol diqqatni yana chorvachilikka qaratdi. Qishloq ahliga ko’ra, soha hozirda davlat ko’magiga muhtoj.
O’shlik fermer Xayrullo Ahmedov qo’shni Jalol-Obod viloyatida qo’ylarga kelgan qirondan tashvishda. Suhbatdoshga ko’ra, ushbu ofat o’lka chorvachiligida mavjud muammolar natijalaridan biri.
“Go’shtning narxi qishdan buyon ko’tarilmoqda. Sababi o’tgan qish yem-hashak taqchilligi sabab ancha uy hayvonlari nobud bo’ldi. Endi chorva tiklanayotganda, sifatsiz vaksina sabab yana yo’qotishlar ro’y berdi”, - deydi u.
Fermerning aytishicha, chorva mollarining zotdorligi yo’qola boshlagan. Xonaki, unumsiz mollar ko’paya boshlagan.
Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanida so’nggi bir oy ichida ikki ming boshdan ziyod qo’y nobud bo’lgan. Hozirgacha yo’qotish davom etmoqda. Mutaxassislar bunga qalbaki vaksinalar sabab bo’lganini aytadi.
Ayni paytda chorvadorlar mustaqillik yillarida veterinariya xizmati tobora oqsab borayotganini urg’ulaydi. Tumanlarda mutaxassislar yetishmasligi sabab ko’p hollarda aholi mol-qo’ylarni o’zi bilganicha davolaydi. Mahalliy matbuot mamlakatda yil sayin epizootik vaziyat mushkullashib borayotganini ta’kidlab keladi.
O’sh viloyati Aravon tumani veterinariya xizmati xodimi Ne’matjon Hamroqulovning aytishciha, jonivorlar sihat-salomatligini muhofaza qilish sohasi davlat diqqatidan chetda qolgan.
“Davlat veterinariya muassasalarida ishlayotgan mutaxassislarni qisqartirish jarayoni ketmoqda. Ayrim idoralarda uch-to’rt mutaxassisgina qolgan. Xususiy veterinariya xizmati esa hali taraqqiy etmagan. Ustiga-ustak veterinariya xizmatiga yoshlar qiziqmay qo’ygan. Chunki maosh oz, ish ko’p. Sohada sobiq ittifoq davridan qolgan mutaxassislar eplab-seplab ishlab kelmoqda”, - deydi Ne’matjon Hamroqulov.
Chorvadorlik Qirg’izistonda azaldan asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Kolxoz-sovxozlar tarqab ketgach, o’lkada xususiy chorvachilik hukm surmoqda. Ayni paytda soha zamonaviy texnologiyalardan olis, mol boqishda ota-bobolardan qolgan usullar qo’llaniladi.
“Odamlarning shaxsiy xo’jaligidagi mol-qo’ylar xonadonlar byudjetiga ham, davlatga ham katta foyda. Chunki davlat bir muammo, ya’ni aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashdan bir ma’noda qutuladi. Agar chorvachilik fermer xo’jaliklari rivojlansa, arzonchilik, serobgarchilik bo’ladi”, - deydi fermer Ne’matjon Hamroqulov.
Mutaxassislar fikricha, chorvadorlarga imtiyozli kreditlar berishni yo’lga qo’yish, zamonaviy texnologiyalarga o’rgatish darkor.
Aytish joizki, Qirg’izistonda tabiiy sharoitlarda yetishtiriladigan go’sht mahsulotlari ekologik jihatdan toza va sifatli hisoblanadi. Ayni paytda ushbu mahsulot jahon bozorida qariyb ma’lum emas.
“Bizning chorva odatda yaylovlarda yuradi. Aytaylik, qoramollar, sigirlar 54 xil o’simlik-cho’plar yesa, qo’ylar 70 dan ziyod o’tlar bilan oziqlanadi. Shu bois go’shtlarimizning foydali xususiyatlari ko’p. Buni biz jahon bozoriga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun esa ushbu mahsulotni ko’rsata bilish, taqdim eta bilish lozim. Bu ko’proq yuqorida turganlarga bog’liq”, - deydi Aravon tumani veterinariya xizmati xodimi Ne’matjon Hamroqulov.
Mulozimlarning aytishicha, mol-qo’ylarni emlash, uy hayvonlarini nazorat ostiga olish tadbirlari ulkan mablag’ talab qiladi. Ammo Qirg’iziston xazinasida bunday mablag’ yo’qligi aytilmoqda.
Yuqorida aytilganday, Qirg’izistonda chorvadorlik hozir xususiy qo’llarda bo’lib, bunday xo’jaliklar ham hozircha soha taraqqiyoti uchun yirik sarmoya ajrata olmaydi.
O’shlik fermer Xayrullo Ahmedov qo’shni Jalol-Obod viloyatida qo’ylarga kelgan qirondan tashvishda. Suhbatdoshga ko’ra, ushbu ofat o’lka chorvachiligida mavjud muammolar natijalaridan biri.
“Go’shtning narxi qishdan buyon ko’tarilmoqda. Sababi o’tgan qish yem-hashak taqchilligi sabab ancha uy hayvonlari nobud bo’ldi. Endi chorva tiklanayotganda, sifatsiz vaksina sabab yana yo’qotishlar ro’y berdi”, - deydi u.
Fermerning aytishicha, chorva mollarining zotdorligi yo’qola boshlagan. Xonaki, unumsiz mollar ko’paya boshlagan.
Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanida so’nggi bir oy ichida ikki ming boshdan ziyod qo’y nobud bo’lgan. Hozirgacha yo’qotish davom etmoqda. Mutaxassislar bunga qalbaki vaksinalar sabab bo’lganini aytadi.
Ayni paytda chorvadorlar mustaqillik yillarida veterinariya xizmati tobora oqsab borayotganini urg’ulaydi. Tumanlarda mutaxassislar yetishmasligi sabab ko’p hollarda aholi mol-qo’ylarni o’zi bilganicha davolaydi. Mahalliy matbuot mamlakatda yil sayin epizootik vaziyat mushkullashib borayotganini ta’kidlab keladi.
O’sh viloyati Aravon tumani veterinariya xizmati xodimi Ne’matjon Hamroqulovning aytishciha, jonivorlar sihat-salomatligini muhofaza qilish sohasi davlat diqqatidan chetda qolgan.
“Davlat veterinariya muassasalarida ishlayotgan mutaxassislarni qisqartirish jarayoni ketmoqda. Ayrim idoralarda uch-to’rt mutaxassisgina qolgan. Xususiy veterinariya xizmati esa hali taraqqiy etmagan. Ustiga-ustak veterinariya xizmatiga yoshlar qiziqmay qo’ygan. Chunki maosh oz, ish ko’p. Sohada sobiq ittifoq davridan qolgan mutaxassislar eplab-seplab ishlab kelmoqda”, - deydi Ne’matjon Hamroqulov.
Chorvadorlik Qirg’izistonda azaldan asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Kolxoz-sovxozlar tarqab ketgach, o’lkada xususiy chorvachilik hukm surmoqda. Ayni paytda soha zamonaviy texnologiyalardan olis, mol boqishda ota-bobolardan qolgan usullar qo’llaniladi.
Davlat veterinariya muassasalarida ishlayotgan mutaxassislarni qisqartirish jarayoni ketmoqda.