2030 yilda musulmonlar dunyo aholisining chorak qismini tashkil etadi

2030 yilda musulmonlar dunyo aholisining chorak qismini tashkil etadi

Xususan Yevropa va Qo’shma Shtatlarda musulmonlar soni tezlikda oshib bormoqda. Vashingtonda joylashgan ilmiy tadqiqot markazi mana shunday tahlil bilan chimoqda.

Izlanish muallifi Alan Kupermanning aytishicha, musulmonlar orasida ko’payish sur’ati hozirgi darajada davom etsa, 2030 yilda ular 8.3 milliardni tashkil etadi. Bu degani - sayyora aholisining 26,4 foizi.

6 milliarddan oshiq inson yashaydigan sayyorada ko'pchilik nasroniy. Ikkinchi o'rinda musulmonlar, hozirda 1 milliard 600 milliondan oshgan.

“Yoshlar musulmon jamiyatlarda ko’pchilik. Ko’payish darajasi yuqori”, - deydi Kuperman.

Lekin, deydi olim, Indoneziya va Bangladesh kabi mamlakatlarda kamroq farzand ko’rishda undayotgan omillar bor. “Ta’lim sohasiga e’tibor, turmush yaxshilanishi va migratsiya shular jumlasidan”.

Bundan xulosa shuki, kelasi 20 yilda umumiy o’sish darajasi pasayishi kutilmoqda.

Izlanish natijalariga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda musulmon aholi soni keyingi 20 yilda ikki baravar o’sadi. Hozirda ular 4-7 million orasida deb taxmin qilinadi.

Yevropada bu raqam 58 millionga yetishi kutilmoqda. “Lekin islom yaqin kelajakda bu qit’ada hukmron dinga aylanishini kutmang”, - deya qayd etadi tadqiqotchilar.

Musulmonlar shiddatli tarzda ko’payib borayotgan davlatlardan biri bu Isroil. 1990-yildan buyon ular soni kki baravar o’sgan. 2030 yilga borib Isroil aholisining 23 foizini tashkil etadi.