Osiyo va Yaqin Sharqda xizmatkorlar huquqlari qizg’in muhokamada. Malayziyada yaqinda 26 yoshli Isti Komariyaning xo’jayinlari tomonidan qiynoqqa solinib, ochlikdan jon bergani sudda ko’rilib, uni ishlatgan er-xotin o’lim jazosiga hukm etildi. Indoneziyalik yosh ayol Erviana Sulistyaningsix esa Gonkongda sobiq xo’jayinini uni kaltaklaganlikda ayblab sudga berdi.
Vatani Indoneziyadagi kasalxonada bir oy davolangach 23 yoshli Erviana adolat izlab, Gonkongga qaytdi. Sharqiy Yavada dehqonlar oilasida katta bo’lgan Erviana bu yerga ilk bor 2013-yil may oyida uy xizmatkori bo’lib ishlash uchun kelgan edi. Maqsad – pul topish va oilasiga yordamlashish hamda o’zining o’qishi uchun biroz pul yig’ish.
“Yanvarda men uni Gonkong aeroportida uchratib qoldim. Kaltaklangan, yura olmaydigan ahvolda edi. Qochishga urinib u yerga borib qolgan,” – deydi boshqa bir xonadonda xizmatkorlik qilgan Riyanti. “Erviana xo’jayinlari unga itdan ham yomonroq, xuddi quldek qaragan”, - deydi u.
Riyanti Ervianaga samolyotga chiqib, uyiga qaytishda yordam berdi. Yosh ayolning kuniga 20 soatlab ishlab, xo’jayinlari tomonidan do’pposlangani, qattiq jarohatlangani ma’lum bo’lgach, jamoatchilik kuchli norozilik bildirib, masala keng muhokama qilina boshladi.
Xalqaro mehnat tashkilotiga ko’ra, dunyoda 50 million uy xizmatkori bor.
Ulardan besh millioni – indoneziyalik ayollar. O’tgan yili ular vataniga jami 10 milliard dollar pul jo’natgan.
Qullikka qarshi xalqaro tashkilot rasmiysi Odri Gishon uy xizmatkorlari ko’p azoblanadi, deydi, ayniqsa Yaqin Sharqda.
“Forz ko’rfazi kengashiga a’zo davlatlarda “kafolat” nomli tizim juda rivojlangan. Unga ko’ra, muhojirning ishi va yashash joyi ish beruvchi bilan bog’liq. Demak, ayol ta’qib qilingani sababli ishidan bo’shamoqchi bo’lsa, qonuniy maqomidan mahrum bo’ladi. Bu esa ish beruvchilarga ishchilarni ekspluatatsiya qilish imkonini yaratadi,” - deydi Gishon.
Saudiya Arabistonida 42 indoneziyalik o’lim jazosiga hukm etilgan. Jazoning ijro etilishini kutmoqda. Ularning yarmi uy xizmatkorlari ekani aytiladi. Xuddi Darsem Tavarga o’xshab. Bu ayol 2011-yilda xo’jayinini o’ldirgani uchun o’lim jazosiga mahkum etildi, vaholanki ayol ish bergan odam uni zo’rlaganini aytgan. Darsem tarafdorlari uning himoyasiga chiqib, qurbon oilasiga pul to’lashga rozi bo’lganidan keyin Saudiya rasmiylari o’lim jazosini bekor qildi.
Indoneziya hukumati Saudiya Arabistonida ishlayotgan fuqarolarining ish sharoitlarini yaxshilash masalasini qirollik bilan muhokama qilgan. Saudiya Arabistoniga ishchi kuchini eksport qilish uch yilga to’xtatildi. Lekin qilinadigan ishlar hali ko’p, deydi Muhojir ishchilar tarmog’i vakili Iveng Karsiveng.
“Biz norozimiz. Chunki aslida muammo Indoneziya hukumatining o’zida. Bizda migrant ishchilar huquqlarini himoyalaydigan qonun yo’q. Tizimni o’zgartirish kerak. Fuqarolar ish deb xorijga chiqib ketsa, ularni himoya qilish kerak-ku axir,” - deydi faol.
2011-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti 189-raqamli Konvensiyani qabul qilganidan keyin eskpluatatsiya qilinayotgan muhojir ishchilarni himoya qilishga qaratilgan ishlar boshlanib ketdi. Ammo sezilarli yutuqlar haqida gapirishga hali erta. Konvensiyani bor-yo’g’i 13 mamlakat ratifikatsiya qildi, deydi Gishon.
“Bizga umid baxsh etayotgani – dunyo bo’ylab, shu jumladan Yaqin Sharqda ham uy xizmatkorlari o’z huquqlarini talab qila boshladi. Ular siyosatdonlarga murojaat qilmoqda. Jamiyatga katta hissa qo’shayotganimizni e’tirof etmay bo’lmaydi. Shu sababdan bizni himoya qilishingiz kerak, demoqda ular", - deydi u.
Erviananing sobiq xo’jayini Gonkongda sud qilinadi. Istini o’ldirganlikda ayblanayotganlar Malayziyada o’lim jazosiga mahkum etilgan. Ular hukmdan norozi va ishni qayta ko’rib chiqishni so’rab, yuqori sudga murojaat qilgan.
Your browser doesn’t support HTML5